Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
 
O‘zbekistonda 1900-2016 yillarda sodir bo‘lgan 
kuchli zilzilalar ro‘yxatini ko‘rishimiz mumkin
t/r
Sana
Magnituda
Ball
Izoh
1.
16.12.1902
6,4
9
Andijon
2.
28.03.1903
6,1
8
Oyim
3.
21.10.1907
7,4
9
Qoratog‘
4.
23.01.1912
5,2
7
Namangan
5.
06.07.1924
6,4
7-8
Qurshob
6.
12.07.1924
6,5
8-9
Qurshob
7.
12.08.1927
6,0
8
Namangan
8.
02.10.1932
6,2
7
Tomdibuloq
9.
05.07.1935
6,2
8
Boysun
10.
18.12.1937
6,5
7-8
Pskom
11.
18.01.1942
5,9
7
Yortepa
12.
14.02.1942
5,5
7
Poytoq
13.
02.11.1946
7,5
9-10
Chotqol
14.
02.06.1947
5,9
8
Nayman
15.
19.07.1955
5,2
7
Baxmal
16.
24.10.1959
5,7
7-8
Burchmulla 
17.
03.08.1962
5,4
7-8
Markay 
18.
17.03.1965
5,5
7
Qo‘shtepa 
19.
26.04.1966
5,3
7-8
Toshkent 
20.
13.03.1968
5,1
7
Qizilqum 
21.
08.04.1976
7,0
8-9
Gazli 
22.
17.05.1976
7,3
9-10
Gazli 


135 
23.
31.01.1977
5,7
7-8
Isfara-Botken 
24.
06.12.1977
5,3
7
Tovoqsoy 
25.
10.12.1980
5,5
8
Nazarbek 
26.
06.05.1982
5,8
8
Chimyon 
27.
17.02.1984
5,6
7-8
Pop 
28.
20.03.1984
7,3
9-10
Gazli 
29.
15.05.1992
5,5
8
Izboskan 
30.
31.10.1998
5,2
7-8
Qamashi 
 
ZILZILA DAHSHATI 
Yaqinginada, so‘nggi 10-15 yil mobaynida jahon 
miqyosida yuz byergan kuchli zilzilalar bir necha o‘n minglab kishilarni xayotdan 
olib ketganligi achinarli holdir. Jumladan 1999, 2003, 2004, 2006 yillarda 
Turkiyada, 2003, 2004 yillar Rossiyada, 2005 yil Pokistonda, Xindistonda, Eronda, 
Indoneziyaning Sumatra va Nias orollarida, Xind okeanida zilzila oqibatida 
yuzaga kelgan sunami xamda 2006 yil 10 avgustda Turkiyada yuz bergan
zilzilalar daxshati hali-hanuz yodimizda.
AQSh Smison instituti tabiiy ofatlar bo‘limi ma’lumotlariga qaraganda, 
1947 – 2005 yillarda turli tabiiy ofatlardan qurbon bo‘lganlar soni bir yarim 
milliondan oshadi. Jumladan Siklon, bo‘ron, dovullardan qurbon bo‘lganlar soni 
qariyb 1 mln. kishini, zilzilalardan 280000, toshqinlardan 180000 va 
momaqaldiroq, sunami, vulqonlar otilishidan 62000 kishi qurbon bo‘lgan. Bu 
raqamlardan ko‘rinib turibdiki, tabiiy ofatlar ichida zilzila ikkinchi o‘rinda 
turarkan. 
YER NEGA QIMIRLAYDI? 
Yerimiz quyosh sistemasidagi planetalardan 
biri bo‘lib, u nihoyatda murakkab harakatga ega. Yer o‘zining fizik xossalari, 
zichligi, solishtirma og‘irligi, issiqligi, elektr o‘tkazuvchanligi va boshqa 
xususiyatlariga ko‘ra turli qatlamlarga bo‘linadi.
Yerning eng ustki qatlami uning qobig‘i deyiladi. Yer qobig‘ining 
chuqurligi quruqliklarda asosan 30-50 km ni tashkil etib, ba’zi joylarda 70 km 
gacha boradi, okeanlarda esa 6-8 kmga boradi.
Keyingi qatlam mantiya bo‘lib, u 2900 km gacha davom etadi. So‘nggi 
qatlam 2900 km dan to yyerning markazigacha davom etib u yadro qatlamidir.
Yer qobig‘i quruqliklarda cho‘kindi tog‘ jinslari, “granit” va “bazalt” 
qatlamlaridan iborat. Okeanlar ostida esa “granit” qatlami bo‘lmaydi.
Yer qatlamlarida doimo murakkab kimyoviy, fizikaviy jarayonlar to‘xtovsiz 
bo‘lib turadi. Bulardan birinchisi-solishtirma og‘irliklari og‘ir jinslarning doimo 
pastga, engil jinslarning yuqoriga bo‘lgan harakati. Ikkinchisi-radioaktivlik xossasi 
asosida bir jinslardan ikkinchisining hosil bo‘lishi yoki jinslarning bir holatdan 
ikkinchi holatga o‘tishi natijasida energiya ajralishidir. Bunday reaktsiyalar sodir 
bo‘lishiga sabab, yerning chuqur qatlamlarida juda katta bosim va issiqlik 
mavjuddir.


136 
Bu esa radioaktivlik xossasiga asosan bir jinslarning ikkinchisiga aylanishiga 
va issiqlik energiyasi ajralishiga olib keladi. Energiyaning saqlanish qonuniga 
asosan u yo‘qolib ketmaydi. Hosil bo‘lgan energiya yerning ostida juda katta 
hajmdagi jinslarni harakatga keltiradi. O‘z navbatida bu kuchlar yerning ustki 
qatlamlarini, yer qobig‘ini xarakatga keltiradi.
Bundan tashqari, O‘rta Osiyo maydonida hozir tog‘ hosil bo‘lish jarayoni 
davom etmoqda. Ana shu tog‘ hosil qiluvchi tektonik jarayonlar zilzila sodir 
bo‘lishiga olib keladi. Eng asosiy sabab tog‘ hosil qiluvchi yer osti kuchlarining 
maydon bo‘ylab bir tekislikda tarqalmasligidadir.
Hozirgi zamon geologiya fanida umuman tog‘larning hosil bo‘lishi va 
xususan zilzilalarning sabablari to‘g‘risida Plitalar tektonikasi nazariyasi muhim 
ahamiyatga ega. 
Agar yer sharining xaritasiga diqqat bilan qarasak, Amerika qit’asining 
sharqi bilan, Evropa va Afrika qit’alarining g‘arbi nihoyatda bir-biriga yaqinligini, 
shuningdek Avstraliya qit’asi shimoliy chegarasining, Afrika qit’asi janub-sharqi 
va Evroosiyo qit’asining janubiy chegaralariga yaqinligini ko‘ramiz. 
Plitalar tektonikasi nazariyasiga asosan, okeanlardan o‘tgan, tarkibi
bazaltlardan iborat suv osti tog‘ tizmalari yerning chuqur mantiya qatlamidan 
uzluksiz oqib chiqayotgan magmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Keyingi hosil 
bo‘lgan jinslar avvalgilarini suradi, bu esa plitalar surilishiga olib keladi. Ushbu 
nazariya tarfdorlari fikricha, tog‘ hosil qiluvchi va xususan, zilzilalarni keltirib 
chiqaruvchi asosiy kuch gorizontal yo‘nalgan bo‘lib, u ikkita yoki bir nechta 
plitaning bir-biriga bo‘lgan o‘zaro ta’siridan sodir bo‘ladi. Masalan O‘rta Osiyoda 
yuz byeradigan zilzilalarga sabab, janubdan shimolga harakat qilayotgan Hind 
plitasi bilan Evroosiyo plitalarining to‘qnashuvidir. Kuchli gorizontal siqilish 
tufayli yirik tog‘lar hosil bo‘ladi va shu jarayonda zilzilalar ham sodir bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin