2-ball. Zo‘rg‘a seziluvchi zilzila
- Zilzilani bino ichida tinch o‘tirgan, ayniqsa yuqori qavatlarda
bo‘lgan ayrim odamlargina sezadi.
3-ball. Kuchsiz zilzila
- Zilzila sinchiklab kuzatilganda osib qo‘yilgan narsalarning engil
tebranayotganligi, yuqori qavatlarda bu tebranish kuchliroq
seziladi.
4-ball. Sezilarli zilzila
- Zilzila vaqtida uy dyerazalari,eshiklari,idishlar zirillaydi. Pol va
yog‘och uy devorlari g‘ichirlaydi. Ochiq idishlardagi suyuqliklar
chayqaladi.
5-ball. Sezilarli kuchli zilzila
- Zilzila ta’sirida uxlayotgan odamlar uyg‘onib ketadi. Hayvonlar
notinchlanadi.Binolar to‘la harakatga keladi. Osig‘lik buyumlar
kuchli tebranadi.
6-ball. Kuchli zilzila
- Zilzila ayrim kishilarni muvozanatdan chiqaradi.Uy hayvonlari
sarosimaga tushadi.Ba’zi uylarda shishadan yasalgan idishva
buyumlar sinishi, javondagi kitoblar tushib ketishi kuzatiladi.
7-ball. Juda kuchli zilzila
- Zilzila oqibatida aksariyat odamlar muvozanatni yo‘qotadi.
Avtomashinani boshqarayotganlar ham zilzilani sezishadi. Ayrim
binolarda buzilish holati yuzaga keladi.
8-ball. Binolarni kuchli zararlanishiga
olib keluvchi zilzila
- Zilzila natijasida ba’zi joylarda daraxt shoxlari sinadi,Og‘ir
mebellar suriladi, osig‘lik lampalar shikastlanadi, qabristonlarga
o‘rnatilgan yodgorlik toshlari qulaydi.
9-ball. Binolarni butunlay shikastlanishiga
olib keluvchi zilzila
- Zilziladan aholi qattiq sarosimaga tushadi. Hayvonlar kuchli
ovoz chiqarib, betartib yugurishadi. Ayrim hollarda temir yo‘l
relslarining bukilishi, yo‘llarning zararlanishi ro‘y byeradi.