Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

o‘n mingga yaqin
kuchli va 
sezilarli zilzilalar bo‘lib o‘tadi. Ulardan 
15-20
tasi fojiali va dahshatli hisoblanadi. 
Kuchsiz zilzilalar yiliga 
40-50
mingga, o‘ta kuchsiz, biz sezmaydigan, lekin 
maxsus seysmograflargina qayd qiladigan zilzilalar nihoyatda ko‘p bo‘lib, yiliga 
ularning soni 
3-3,5
millionga etishi mumkin.
ZILZILALAR TARIXI 
Oxirgi yuz yil ichida sayyoramizda ko‘plab qurbonlar va vayronalarga 
sabab bo‘lgan kuchli zilzilalar bo‘lib o‘tdi. 1948 yilning 6 oktyabriga o‘tar kechasi 
Ashxabodda yuz byergan zilzilada yuz mingdan ortiq inson qurbon bo‘ldi. 1976 
yili Xitoyda yuz bergan Tianshan zilzilasida 250 ming kishi xalok bo‘lgan. 
1988 yilning 7 dekabrida Armanistonda yuz bergan zilzila natijasida Spitak 
shaxri butkul vayron bo‘lgan va bir necha soniya ichida 25 mingdan ortiq inson 
qurbon bo‘lib, bir necha yuz mingdan ortig‘i jaroxat ko‘rgan. Yaponiyaning Kobe 
shaxrida 1995 yilda yuz bergan zilzila natijasida shaxarga o‘t ketib, 6 mingdan 
ortiq kishi xalok bo‘lgan. O‘sha yili Saxalindagi Neftegorsk shaxrida yuz bergan 
kuchli zilzila natijasida o‘nlab binolar qulab, 2 mingdan ortiq insonlarning umriga 
zavol bo‘lgan. 1988 yilning qishida Afg‘anistonda yuz bergan zilzila natijasida 5 
mingga yaqin inson xalok bo‘ldi. 1999 yilning 17 avgustida Izmit shaxrida 14 
mingdan ortiq qurbonlarga sabab bo‘lgan zilzilalar Turkiyani larzaga soldi. 
2001 yilda Xindistonda yuz bergan Gudjarat zilzilasida 13 ming kishi va 
2003 yil Eronning Bam shaxridagi zilzilada 41 mingdan ortiq insonlar qurbon 
bo‘ldilar. 
2004 yil yakunida Xind okeanida yuz bergan kuchli zilzila natijasida xosil 
bo‘lgan okean to‘lqini-sunami 150 mingga yaqin insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi. 
Va afsuski, bu mash’um tabiiy ofatlar ro‘yxati toboro ortib bormoqda. 
O‘ZBEKISTONDA YUZ BERGAN ZILZILALAR 
Ko‘pchilik 1902 yilda Andijon shaxrini to‘liq vayron qilgan zilzila xaqida 
eshitmagan bo‘lsa ajab emas. 1907 yilda yuz byergan Qoratog‘ zilzilasi esa xozirgi
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari xududi o‘rnida bo‘lgan o‘nlab aholi 
yashash punktlarini vayron qilgan. 1946 yilda Toshkentdan 300 kilometr 
uzoqlikda yuz byergan Chotqol zilzilasi poytaxtdagi binolarga ham shikast 
etkazgan. 
1966 yilning 26 aprelida Toshkentda Rixter bo‘yicha magnitudasi 5,3 ga va 
MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Shaxar markazining


134 
katta qismi zarar ko‘rib, 9 kishi xalok bo‘lgan va 2211 kishi yaralangan. 2 million 
kvadrat metr uy-joy yaroqsiz ahvolga kelib, 80 ming oila boshpanasiz qolgan
telefon 
aloqasi 
ishdan 
chiqqan. 
Binolarning 
shikastlanishi 
natijasida 
kasalxonalardagi joylar yarmiga qisqarib bemorlarning to‘rtdan uch qismi 
ko‘chada qolgan. Shaxar aholisining bir qismi vaqtincha 15500 dan ortiq chodir 
uylarda istiqomat qilgan. 
1976 va 1984 yillarda yuz byergan 9-10 ballik zilzilalar oqibatida Gazli shaxri 
ikki marta vayron bo‘lgan. Bo‘lib o‘tgan zilzilalar va xududning geologik tuzilishi 
o‘ziga xosligiga qarab olimlar seysmik rayonlashtirish xaritalarini yaratdilar. 
Mazkur xarita ma’lumotlari seysmik xududlardagi qurilish uchun asos bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin