Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


ZILZILA PAYTIDA NIMA QILISh KYERAK?



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

ZILZILA PAYTIDA NIMA QILISh KYERAK? 
Zilzila ro‘y byerganda 
yer bir necha soniyadan bir necha minutgacha silkinadi. Tebranish vaqti siz turgan 
joydan zilzila epitsentrigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq. Zilzila o‘chog‘i qancha 
yaqin bo‘lsa, u shuncha qisqa vaqtda va yuqori chastotada seziladi. Zilzila 
o‘chog‘igacha bo‘lgan masofa ortgan sari u shunchalik uzoq vaqt va pastroq 
chastotada seziladi. Masalan, Toshkentda yashovchilar uchun zilzila o‘chog‘i 
Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ro‘y byergan 
bo‘lsa 10-30 sekundgacha davom etishi mumkin. Toshkentdan 500-600 km 
masofada joylashgan Hindukush zilzilalari 2-3 minutgacha seziladi.
Zilzila ro‘y byergan vaqtda:
Vahimaga tushmasdan, o‘zingizni osoyishta
tuting va boshqalarga o‘rnak ko‘rsatish.
Agar bir qavatli bino ichidan qochmoqchi bo‘lsangiz bu ishni chaqqonlik 
bilan, atrofdagi xavf-xatarni hisobga olgan holda bajaring. 
Ko‘p qavatli binolardan tashqariga yugurib chiqishga intilmang. Yuqoridan 
tushayotgan buyumlar xavfli. Yaxshisi zilzila to‘xtaguncha bino ichidan xavfsiz 
joy tanlash. 
Ko‘p qavatli binoda zinalarga yugurib chiqmang, liftga kirmang. Elektr 
o‘chib qolishi, yong‘in xavfsizligi signallari, qo‘riqlash qo‘ng‘iroqlarining ovozi, 
sinayotgan idish tovushlari, yog‘och g‘ijirlashi, yiqilayotgan turli buyum 
tovushlaridan qo‘rqmang. 
Tashqarida turgan bo‘lsangiz tezlikda bino va elektr simlaridan holi bo‘lgan 
ochiq joyga chiqib oling. 
Agar mashinada bo‘lsangiz, bino va elektr simlari, ko‘prik, turli trubalardan 
chetroqqa chiqib, mashinani to‘xtating va zilzila bosilguncha kutib turing. 
Yer silkinishi so‘nayotganda yana yangi kuchli silkinish boshlanishi 
mumkin. Bu bitta zilzila o‘chog‘idan ketma-ket kelayotgan har xil turdagi seysmik 
to‘lqinlardir. Ular bir necha minutdan bir necha soatgacha, hatto bir necha kundan 
bir necha oygacha davom etishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin