148
III
9
12
15
IV va V
12
15
18
Ba`zi bir yong‘in xavfi deyarli bo‘lmagan binolar uchun yong‘inga qarshi
oraliqlar belgilanmaydi.
Masalan, metall buyumlar va metall konstruktsiyalarning
omborlari
yonma-yon joylashishi mumkin.
Shuningdek G va D darajadagi sanoat korxonalari, ularning o‘tga
chidamlilik darajasi I va II bo‘lsa, shuningdek tomi yonmaydigan materiallar
bilan yopilgan, hamda tashqi devorlari yong‘inga qarshi to‘siq
sifatida
qurilmagan bo‘lsa, yong‘inga qarshi oraliq belgilanmasligi mumkinligi tavsiya
etiladi.
Yong‘inga qarshi to‘siq.
Sanoat
korxonalarini loyihalash, qurish va qayta ta`mirlash jarayonlarida
yong‘inga qarshi tashkiliy, texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga
oshiriladi.
Ushbu yong‘inga qarshi ko‘rilgan
chora-tadbirlar qatoriga, yong‘inga
qarshi to‘siqlarni ko‘rsatish va ularni korxonani loyihasini tayyorlashda hamda
qurilish jarayonida, qurilish me`yorlariga rioya qilgan holda tatbiq etish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yong‘inga qarshi to‘siqlar tarkibiga, yong‘inga
qarshi
devorlar, bino eshiklari va derazalari, sanoat korxonalariga va bevosita
binolariga kiruvchi asosiy hamda yordamchi darvozalar, lyuklar, tambur –
shlyuzlar kiradi.
Yong‘inlarga qarshi to‘siq
vositalari, yong‘inga qarshi tura oladigan
materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va quyidagi o‘tga chidamlilik chegarasi
darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Material va konstruktsiyalarning o‘tga chidamlilik darajasi chegarasi
tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Sinalayotgan konstruktsiya o‘rganilib uni ma`lum
vaqtgacha, yong‘in
vaqtida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan haroratda qizdiriladi.
Bunda qurilish konstruktsiyasida ba`zi bir o‘zgarishlar ro‘y berishi, ya`ni
konstruktsiyada yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Shu vaqtlarning davomiyligiga qarab materiallarining o‘tga chidamli-lik
darajasi quyida belgilanadi.
Yong‘inga qarshi asosiy devorlar-2,5 soat, eshik-deraza va darvozalar-1,2
soat, asosiy bo‘lmagan devorlar-0,75 soat, asosiy bo‘lgan devordagi eshik,
derazalar, shuningdek tambur, shlyuzlar 0,6 soat.
Tosh va boshqa tabiiy
minerallardan qilingan devorlarga, o‘tga chidamlilik chegarasi, yuqoridagi
talablar asosida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: