Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Korxonalarning yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha darajalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

3. Korxonalarning yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha darajalari. 
Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan uskuna va jihozlar, yong‘in va 
portlab ketish jihatidan xavfsizdir. Ammo bu uskuna va jihozlar ishlab 
chiqarishning yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha turiga mos ravishda to‘g‘ri 
tanlangandagina xavfsizlikni ta`minlay oladi. 
Korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatiladigan xom ashyosi, 
tayyorlaydigan mahsuloti va joylashgan binosining loyihasini hisobga olib 
yong‘in chiqishga, potrlashga, yong‘in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, 
shuningdek, yong‘in va portlashning etkazgan asorati va qurilish me`yoriy 
qoidalari (SNiP 2-90-81) asoslanib, xavflilik darajasi belgilanadi. 
- A darajali yong‘in va portlashga xavfli korxonalar. Bular suyuqlik 
ta`sirida havodagi kislorod bilan birikish natijasida yonishi va potrlashi mumkin 
bo‘lgan moddalar, chaqnash harorati 28
0
S gacha bo‘lgan suyuqlik va gazlarni 
portlash imkoniyatini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan korxonalari bo‘lib, bosim 5 
KP. gacha bo‘lishi kerak. 
Bu darajaga oltingugurt, uglerod, efir, atseton ishlab chiqaradigan 
korxonalar kiradi. 
- B darajali portlash va yong‘inga xavfli korxonalar. Ularga chaqnash 
harorati 28
0
S dan yuqori bo‘lgan hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash 
haroratigacha qizdirilgan suyuqliklar va changlar binoda bosim 5 KP. dan 
ko‘proq miqdorda to‘planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mum-kin bo‘lgan 
korxonalar kiradi. 
- V darajali korxonalarga yong‘inga xavfli bo‘lgan, bug‘, harorati bo‘lgan 
suyuqliklar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod suv bilan birikkan 
holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boradigan 
korxonalar kiradi. 
- G darajali korxonalar, yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, 
cho‘g‘lantirib va eritib ishlov berish jarayonida issiqlik, uchqun va alangalar 
chiqishi mumkin bo‘lgan, qattiq, suyuq, va gazsimon moddalar yoqilg‘i sifatida 
ishlatiladigan korxonalar kiradi. 
- D darajali korxonalarga, yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq 
ishlov beradigan korxonalar kiradi. Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish 


147 
sanoat korxonalari kiradi. Yong‘in va portlash darajasi korxonani loyihalash va 
ishga tushirish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha aniqlanadi. 
Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi chora – 
tadbirlar belgilanadi. 
Bu chora-tadbirlar korxona bosh rejasiga kiritiladi. 
Ularning eng muhimlaridan biri – korxona majmualarini va binolarini 
bajariladigan ishi va yong‘inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. 
Bunga o‘ta yong‘inga xavfli majmualarni, albatta hududning shamol 
yo‘nalishiga qarama – qarshi tomonida joylashtirish tavsiya etiladi. 
Aks holda yong‘in sodir bo‘lganda engil alangalanuvchi suyuqlik past 
tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlarga tarqalib ketishi xavfi 
tug‘iladi. 
Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda, ochiq 
alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqishi mumkin bo‘lgan uchqunlar yong‘in 
xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 
Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qarama – qarshi 
tomonda engil alangalanuvchi suyuqliklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning 
o‘rnini hisobga olgan holda joylashtiriladi. 
Yong‘in xavfsizligini ta`minlashda zavod hududidagi avtomobil yo‘llarini 
yaxshilash katta ahamiyatga ega. 
Chunki yong‘in vaqtida o‘t o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz 
istalgan joygacha bora olishi o‘ta muhim hisoblanadi. 
Shuningdek korxona hududidagi yong‘inga qarshi o‘t o‘chiruvchilar 
deposini joylashtirish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Yong‘in xavfsizligini ta`minlashda korxona hududidagi avtomobil 
yo‘llarini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong‘in vaqtida o‘t 
o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joyga bora olishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin