Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


YURAK-O‘PKA REANIMATSIYASI. YUQORI NAFAS YO‘LLARINING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
2.YURAK-O‘PKA REANIMATSIYASI. YUQORI NAFAS YO‘LLARINING 
O‘TKAZUVCHANLIGINI TIKLASH. 
Katta yoshlilarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish 
Agar voqea sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, birlamchi ko‘zdan 
kechirish o‘tkaziladi. 
Jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlash uchun "Sizga yordam kerakmi» 
deb baland ovoz bilan so‘rab, chapak chalib, trapetsiyasimon muskulini siqish 
lozim. 
Jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa jabrlanuvchini asta orqasiga aylantiriladi (zarur 
bo‘lgan taqdirdagina). 
Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun boshini 
orqaga egib, iyagi ko‘tariladi. Nafas bor-yo‘qligini aniqlash uchun 5 sekund 
davomida ko‘rish, eshitish va sezish nazoratidan foydalaniladi. 
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi 
bilan yotqizib, "Og‘izdan-og‘izga" ikki marta to‘la puflab, jabrlanuvchining burun 
5
 
Михаил Морозов. Основы первой медицинской помощи. Учебное пособие „СпецЛит“», 2013 


158 
kataklari qisiladi. Lablar bilan jabrlanuvchining og‘zini zich tutib, 2 marta to‘la 
puflanadi. havo o‘pkasiga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi 
ko‘tarilishi kuzatiladi. 
Tomir urayotgan-urmayotganligini tekshirish uchun 10 sekund davomida 
tomir urishi tekshiriladi. 
Yurakni yopiq massaj qilish uchun: 
• Barmoq bilan to‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu erga 
qo‘yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo‘lgan qo‘lni ishlatish zarur. 
• Boshqa qo‘lning kaftini jabrlanuvchining to‘shiga, barmoqlar turgan joydan 
yuqoriroqqa qo‘yiladi. 
• Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo‘lning kaftini boshqa qo‘ldan 
yuqoriroqqa qo‘yiladi. 
• Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak. 
To‘shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida 
turishi lozim. To‘sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan 
15 marta bosiladi (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir maromda, tikka, 
qo‘lni doimo to‘sh ustida tutgan holda bosish kerak. Muolajani o‘tkazayotganda 
tebratuvchi harakat qilmaslik lozim. Bu bosishning ta'sirini kamaytirib, kuchning 
bexuda sarflanishiga olib keladi. Navbatdagi bosishni boshlashdan oldin ko‘krak 
qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo‘l qo‘yib berish kerak. 
"Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga 
egib, iyagini ko‘tarib, nafas yo‘llari ochiladi. Jabrlanuvchining burun kataklarini 
qisib, ikki marta to‘la puflanadi, har biri 1,5-2 sekund davom etishi kerak. Havo 
o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgani 
kuzatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin