Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari. Yong‘inni
aniqlashni avtomat vositalari (YOAAV) va yong‘inni o‘chirishni avtomat
vositalari (YOO‘AV), agar yong‘in tashkilotning barcha ishlariga ta`sir etishi
hamda katta moddiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan hollarda ko‘llaniladi.
Bunday ob`ektlarga energetik «qurilmalar, markaziy gaz stantsiyalari, engil
yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stantsiyalari, xom-ashyo omborlari va
yoqilg‘i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m
2
dan ortiq bo‘lgan binolar
kiradi.
Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari . Avtomatik o‘t o‘chirish tizimiga
sprinkler qurilmalari kiradi. Ular asosan, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan
sanoat korxonalarida o‘rnatiladi. Sprinkler qurilmalari joylashtirilgan
xonalarga bosim ostida suv o‘tkazuvchi quvurlar va bu quvurlarga
sprinkler qalpog‘i o‘rnatiladi. Yong‘in sodir bo‘lsa, issiqlik ta’sirida
sprinkler ishga tushadi, ya’ni suv chiqish tirqishi ochilib suv sepa
boshlaydi. Suv chiqarish teshigidan ma’lum masofaga o‘rnatilgan doira
shaklidagi to‘siq suvning keng ko‘lamda sachrashini ta’minlaydi. Har bir
sprinkler boshchasi 6-12m.kv. maydonga suv sachratib, o‘t o‘chirishni
ta’minlaydi. Bunday qurilmalar o‘rnatilgan korxonalarda sodir bo‘lgan
yong‘inlarning 90% o‘t o‘chirish komandalari kelgunga qadar o‘chirilishi
mumkin.
Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda
drencher qurilmalari ham
mavjud. Bu qurilmalarning sprinkler qurilmalaridan farqi unda engil
eruvchan qulfli qurilma joylashtirilmaydi. Ularni ishlatish, asosan, suv
o‘tkazish kranlarini ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yong‘inni avtomat o‘chirish qurilmalari foydalaniladigan o‘t o‘chirish
moddalarining turiga bog‘liq holda suv bilan o‘chiruvchi, suv-ko‘pikli, havo-
ko‘pikli, gazli) uglerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), kukunli va
kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Bu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga
qarab esa quyidagilarga bo‘linadi: o‘ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish
vaqti 1 sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti
30 sekund), o‘rta inertsiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inertsiyali
(harakatga kelish vaqti 60 sekunddan yuqori). Ularning ish vaqtini
davomiyligiga bog‘liq holda qisqa va ta`sir etuvchi (15 minutgacha), o‘rta
davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min dan ortiq) turlarga
bo‘linadi.