Nazorat savollari.
1. Yonish jarayoni va yonish turlari xaqida ma’lumot bering.
2. Yonginga karshi suv ta`minoti xaqida ma’lumot bering.
3. Korxonalarning yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha darajalarini tushuntiring.
153
4. Yong‘inga qarshi oraliqlar deganda nimani tushunasiz?
5. Evakuatsiya yo‘llari xaqida ma’lumot bering.
6. O‘t o‘chirgichlar, o‘t o‘chirish qurilmalari xaqida ma’lumot bering.
7. Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari xaqida ma’lumot
bering.
(4-modul. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish)
18-MA’RUZA. BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH
ASOSLARI.
Reja:
1.
Birlamchi ko‘rikni o‘tkazish qoidalari va tartibi.
2.
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi. Yuqori nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini
tiklash.
3.
Tayanch-harakat apparatining mexanik shikastlanishlari. Immobilizatsiya.
4.
Kuyish. Sovuq oldirishda birinch yordam.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar
Tibbiyot, vrach, yordam, vaziyatni baholash, tibbiy yordam tamoyillari, muammoli
masala, birlamchi tekshiruv, xushdan ketish, reanimatsiya.
O‘zbekiston Respublikasi VM 1997 yil 23.12 558-sonli “FV da
ogohlantirish va unda harakat qilish davlat tizimi (FVDT)” qarorida aholi va
hududlarni tinchlik va urush davrlarida muhofaza qilish chora – tadbirlari
ko‘rsatilgan.
FVVda shunday vaziyatlarda yordam ko‘rsatadigan maxsus tashkiliy
guruxlar va professional qutqaruv otryadlari bor. Ular shikastlanganlarga
yordam ko‘rsatish uchun kerak bulgan barcha zamonaviy texnik vositalar
bilan ta'minlangan. Lekin shunga qaramasdan aholi va hududlarni katta FV
larda to‘liq himoya qila olmaydi. Shuning uchun aholining tayyorgarligi
yaxshi bo‘lishi kerak. Bino va inshootlar mustahkam qurilgan bo‘lishi shart.
Buzilgan vayronalar ostidan shikastlanganlarni qutqarishda qavmu-
qarindoshlari yordamida 50% i, erkin jamoa qutqaruvchilari yordamida 30 % i
topiladi va qutqariladi.
Shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatishning to‘rt qoidasi mavjud
bo‘lib, ularni birin-ketin amalga oshirish lozim:
1. Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘rib chiqish.
2. Jabrlanuvchini birlamchi ko‘zdan kechirish va uning hayoti uchun xatarli
bo‘lgan holatlarda unga birinchi yordam ko‘rsatish.
3. Tez yordamni chaqirish.
4. Jabrlanuvchini ikkilamchi ko‘zdan kechirib, zarur bo‘lsa, yana yordam
ko‘rsatish. Uni uzluksiz kuzatib turib, tez yordam kelguncha xotirjam qilib turish.
Shoshilinch vaziyat ekanligi aniqlangan zahoti diqqat bilan ko‘zdan
kechiriladi va quyidagilarni aniqlashga harakat qilinadi:
1. Hodisa yuz bergan joy xavf tug‘dirmaydimi?
154
2. Qanday hodisa ro‘y bergan?
3. Jabrlanganlar nechta?
4. Atrofdagilar sizga yordam bera oladilarmi?
Joyni ko‘zdan kechirayotganda xavfli bo‘lgan barcha narsalarga e'tibor
berish kerak: elektr simlarining ochiqligi, qulayotgan parchalar, jadal yo‘l harakati,
yong‘in, tutun, zararli bug‘lanish, noqulay ob-havo sharoiti, suv havzasining juda
ham chuqurligi yoki oqimning tezligi. Agar xavf juda xatarli bo‘lsa,
jabrlanuvchining yaqiniga bormaslik, zudlik bilan tez yordam va tegishli avariya
xizmatini yoki ichki ishlar xodimini chaqirish kerak. Yuqori xavfli vaziyatda
yordam tegishli tayyorgarligi va anjomlari bo‘lgan malakali xizmat xodimlari
tomonidan ko‘rsatilishi lozim.
Nima bo‘lganini aniqlashga harakat qilish, mayda-chuyda jihatlarga e'tibor
berish lozim. Shunda hodisa va olingan jarohat sababi aniqlanishi mumkin. Singan
shisha parchasi, to‘kilgan dori idishlari va hokazolar ro‘y bergan hodisani
oydinlashtiradi. Ular jabrlanuvchi hushsiz bo‘lgan va boshqa kishilar bo‘lmagan
vaqtda ayniqsa muhim omil hisoblanadi.
Voqea sodir bo‘lgan joydagi kishilar bilganlarini aytib berishlari yoki
qandaydir yordam ko‘rsatishlari mumkin. Agar o‘sha yerda jabrlanuvchining
tanishi uchrasa, u bemorning kasaliga yoki allergik reakdiyasiga oid ma'lumotlarni
berishi mumkin. Atrofdagi kishilar tez yordam chaqirishlari, yetib kelgan
mashinani kutib olishlari va yo‘l ko‘rsatishlari, voqea sodir bo‘lgan joyni transport
va qiziquvchi odamlardan xoli qilishlari va birinchi yordam ko‘rsatishda ko‘mak
berishlari mumkin. Agar atrofda hech kim bo‘lmasa, baland ovozda yordamga
chaqiriladi.
Avval jabrlanuvchi hushida ekanligini aniqlash, undan: "Sizga yordam
kerakmi?" -deb so‘rash, agar javob bo‘lmasa, uning trapetsiyasimon muskulini
siqib ko‘rish kerak. Tashqi ta'sirlarga javob bermayotgan odam hushini yo‘qotgan
bo‘lishi mumkin. Bu holat hayot uchun xavflidir. Kishi xushini yo‘qotganda,
tilining muskuli bo‘shashadi va natijada til ichiga tushib ketishi va nafas yo‘lining
to‘silishi yuz berishi va, demak, nafas olishi to‘xtashi va keyin yurak urishi ham
to‘xtashi mumkin.
Birlamchi ko‘zdan kechirish jarayonida jabrlanuvchining nafas yo‘lining
ravonligi, nafas olish va tomir urishi bor-yo‘qligini tekshirish lozim.
Jabrlanuvchini qo‘zg‘atmasdan turib tiriklik belgilarini aniqlash kerak.
Jabrlanuvchining nafasi va tomir urishi sezilmagan taqdirdagina, uni orqasi bilan
yotqizish mumkin. Bunda uning boshini umurtqa pog‘onasi bilan iloji boricha bir
o‘qda qilib ushlab, harakatlantirish lozim.
Jabrlanuvchining nafas yo‘llarining ochiqligiga ishonch hosil qilish kerak.
Og‘iz va burundan boshlab o‘pkagacha borgan havo o‘tish yo‘llari nafas yo‘li
hisoblanadi. Gapirish va baqirish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday odam
hushini yo‘qotmagan va nafas yo‘llari ochiq bo‘ladi.
Agar
jabrlanuvchi
hushsiz
bo‘lsa,
uning
nafas
yo‘llarining
o‘tkazuvchanligiga ishonch hosil qilish lozim. Buning uchun uning boshini orqa
tomonga engashtirib, iyagi ko‘tariladi. Bunda til nafas olish yo‘lining orqa qismini
155
berkitmaydi, o‘pkaga havo o‘taveradi. Agar jabrlanuvchining bo‘yin qismi
jarohatlangan deb taxmin qilinsa, nafas yo‘llarini ochish uchun boshqacha usul
qo‘llaniladi. Bu usul "boshni orqa tomonga engashtirmasdan pastki jaq’ni oldinga
siljitish" deb ataladi. Agar jabrlanuvchining nafas yo‘llariga yot jismlar kirib
qolgan bo‘lsa, avval ularni olib tashlash lozim.
Keyingi bosqichda jabrlanuvchining nafas olayotgani tekshiriladi. Agar
jabrlanuvchi hushsiz holda bo‘lsa, unda nafas olish belgilari borligiga e'tibor berish
lozim. Nafas olganda ko‘krak ko‘tarilib, tushib turishi zarur. Kishi haqiqatan ham
nafas olayotganiga ishonch hosil qilish uchun uning nafasini eshitish va sezish
lozim. Buning uchun yuzni jabrlanuvchining og‘zi va burniga yaqinlashtirib, nafas
chiqarishdagi havoni eshitish va sezishga harakat qilish kerak. Bir vaqtning o‘zida
ko‘krak qafasining ko‘tarilib-tushishini kuzatish va bu ishni 5 sekund davomida
bajarish lozim.
Agar jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, u holda og‘zidan havo o‘tkazish
yo‘li bilan unga yordam berish lozim. Burun teshiklarini berkitib, avvaliga ikki
marta to‘la havo puflanadi. Keyin bir martadan puflash o‘tkaziladi. Bunday
muolaja o‘pkaga sun'iy havo yuborish (ventilyatsiyasi) deyiladi.
Jabrlanuvchini birlamchi ko‘zdan kechirishning oxirgi bosqichi tomir
urishini tekshirishdir. Bunda tomir urishi aniqlanadi va kuchli qon ketish hamda es
og‘ishi belgilari aniqlanadi.
Odam nafas olayotgan bo‘lsa, uning yuragi qisqaradi, demak, bu - tomir
urishi bor, degan so‘z. Agar odam nafas olmayotgan bo‘lsa, u holda uning tomir
urishini tekshirib ko‘rish zarur. Buning uchun jabrlanuvchining bo‘ynidagi uyqu
arteriyasini ushlab ko‘riladi. Kekirdak olmasi (qo‘shtomoq)ni topib, barmoqlarni
bo‘yin chetidagi chuqurchaga suriladi. Sekinlashgan yoki kuchsiz tomir urishini
aniqlash qiyin bo‘ladi. Tomir urishi sezilmasa, bu harakatni qaytadan bajariladi va
tomir urishini 10 sekund davomida sezib turiladi.
Agar jabrlanuvchining tomir urishi sezilmasa, ko‘krakni bosish yo‘li bilan
yurakni yopiq massaj qilish lozim. Bu muolaja yurak-o‘pka faoliyatini tiklash
(reanimatsiyasi) deyiladi.
So‘ng darhol "103" telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, tez yordamni chaqirish
kerak. Jabrlanuvchiga yordam berilayotgan paytda, iloji bo‘lsa, biron-bir odamni
qo‘ng‘iroq qilishga yuborish kerak. Unda jabirlanuvchining holati, voqea sodir
bo‘lgan joy, tahminiy tashhis, jabirlanuvchining ismi-sharifi to‘g‘risida
dispetcherga aytiladi.
Tez yordamni chaqirgandan so‘ng, jabrlanuvchining hayotiga katta xavf
yo‘qligiga amin bo‘lgandan keyin yordamni to‘xtatib, ikkilamchi ko‘zdan
kechirishni
amalga
oshirish
mumkin.
Ikkilamchi
ko‘zdan
kechirishda
jabrlanuvchida har xil muammolar borligi ma'lum bo‘ladi va ular birinchi yordam
ko‘rsatish lozimligini taqozo etadi. Jabrlanuvchi yosh bola bo‘lsa, uning shu
yerdagi ota-onasi yoki ular bo‘lmasa, kattalarga murojaat qilinadi. Shundan so‘ng
jabrlanuvchining hayot ekanini bilib, uni umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tiriklik belgilariga tomir urishi maromi (chastotasi), nafas olish maromi va
hushsizlik darajasi kiradi. Ikkilamchi ko‘zdan kechirishning muhimligi shundan
156
iboratki, bunda jabrlanuvchining hayotiga bevosita xavf solmaydigan muammolar
topilsa-da, lekin ularni e'tiborsiz va birinchi yordamsiz qoldirilib bo‘lmaydi.
Ikkilamchi ko‘zdan kechirishdan so‘ng tez yordam kelgunga kadar uning
tiriklik belgilarini kuzatishni davom etiladi. Kishining ahvoli asta-sekin
yomonlashishi mumkin va to‘satdan hayot uchun jiddiy xavf (masalan, nafasning
yoki yurakning to‘xtashi) paydo bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |