150
partiyadagi o‘t o‘chirgichlarning 25 %). Ikki yildan keyin esa-50 %, uch yildan
keyin esa 100 % o‘t o‘chirgichlar sinovdan o‘tkaziladi.
Sanoatda OVP-5, OVP-10 markali ko‘lda olib yuriladigan o‘t o‘chirgichlari
:
OVP-100, OVPU-25 markali yuqori karrali statsionar o‘t o‘chirgichlar ishlab
chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 ko‘pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar turli xil moddalar materiallar, elektr
qurilmalaridagi yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki
oksididan (SO
2
) foydalaniladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25,
OU-80 va OU-400 markali o‘t o‘chirgichlar kiradi. Ular tortib ko‘rib tekshiriladi.
Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo‘lsa (mos holda, OU-2,
OU-5, OU-8 o‘t o‘chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi.
Uglekislotali - brometilli o‘to‘chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi.
Ularning hajmi 3,2 va 7,4 l bo‘lib, brometil va kislota aralashmasi bilan
zaryadlanadi. Bu markadagi qo‘lda olib yuriladigan o‘t o‘chirgichlarini ta`sir
etish vaqti-35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5 m ga tengdir.
Kukunli o‘t o‘chirgichlar OP-1, ,,Moment", OP-2A, OP-10A, OP-100, OP-
250 va SI-120 markali bo‘lib, ular uncha katta bo‘lmagan yong‘inlarni
o‘chirishda ishlatiladi. OP-1 va ,,Moment" o‘t o‘chirgichlaridan avtomobillar
va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi.
OP-10A o‘t o‘chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog‘och
va plastmassalardagi yong‘inlarda ishlatiladi.
SI-2 ko‘chma o‘t o‘chirgichi neft’ mahsulotlari, metalloorganik birikmalar
va shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va SJB-150 o‘t
o‘chirgichlari tok ta`siridagi elektr qurilmalar yong‘inini o‘chirishda hamda
aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: