Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish 
Bir yoshga etmagan go‘dakda tomir urishini aniqlash juda murakkab. 
Shuning uchun, agar maxsus tayyorgarlik bo‘lmasa, nafasi to‘xtagan go‘dakning 
tomirini bir necha sekunddan ortiq tekshirish mumkin emas. Bo‘g‘ilishdan bo‘lak 
hodisalarda go‘daklarda, odatda, nafas to‘xtagach, tomir urishi ham to‘xtaydi.
Go‘dakning tomir urishi katta yoshlilarniki kabi uyqu arteriyasida emas
balki qo‘lning ichki tomonidagi, yelkasiga yaqin yelka arteriyasida tekshiriladi. 
Go‘dakning qo‘lidagi yelka suyagiga, tirsagiga emas, balki qo‘ltiq chuqurchasi 
yaqiniga ikkita barmoqni qo‘yib, barmoqni qo‘lga yengil botirib, 5-10 sekund 
davomida tomir urishi tekshiriladi. 
Go‘dakning hushi o‘zidaligini aniqlash uchun
go‘dakni baland ovoz bilan 
chaqirib, go‘dakning qo‘l-oyoqini bir oz chimchilanadi. 
Go‘dak behush bo‘lsa, go‘dakni orqasiga aylantirib, go‘dakni asta o‘zimiz 
tomon tortib, boshi va bo‘ynini ushlab turib aylantiriladi.
Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun
bolaning boshini bir oz orqaga egib, nafas bor-yo‘qligini aniqlab, ko‘rish, eshitish 
va sezish nazoratidan 5 sekund davomida foydalaniladi. 
Go‘dak nafas olmayotgan bo‘lsa, go‘dakni qattiq joyga orqasi bilan yotqizib, 
2 marta sekin puflanadi. havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun 
ko‘krak qafasining ko‘tarilishi kuzatiladi. 
Tomir urishi yelka arteriyasida 10 sekund davomida tekshiriladi. 
Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash. Geymlix usuli 
Nafas yo‘llari havoning burun va og‘izdan boshlab o‘pkaga o‘tish yo‘lidan 
iborat. Nafas olish yo‘llarini nimadir to‘sib qo‘ysa, jabrlanuvchi bo‘g‘ila boshlaydi 
va uning organizmi kerakli miqdorda kislorod olmaydi, natijada uning hayoti xavf 
ostida qoladi. Bunday holat shoshilinch vaziyat hisoblanadi va nafas yo‘llarining 
o‘tkaza olmasligining sabablarini bartaraf qilish maqsadida birinchi yordam 
ko‘rsatish talab qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin