Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Nafas olish to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish: kattalar va bolalarda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Nafas olish to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish: kattalar va bolalarda 
sun'iy o‘pka ventilyatsiyasini o‘tkazish 
Sun'iy o‘pka ventilyatsiyasi jabrlanuvchining organizmini uning hayotini 
saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan kislorod bilan ta'minlash maqsadida 
jabrlanuvchi o‘pkasiga havo puflashdan iborat. 
Sun'iy o‘pka ventilyatsiyasi nafas olmayotgan, biroq tomiri urib turgan 
jabrlanuvchilarda o‘tkaziladi. 
Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, dastlabki tekshirish 
o‘tkaziladi. Jabrlanuvchining xushi joyidaligini aniqlash, "Sizga yordam kerakmiq" 
deb baland ovoz bilan so‘rash lozim. 
Jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa, jabrlanuvchini asta orqasiga aylantirib (zarur 
bo‘lgan taqdirdagina), nafas yo‘llarini ochib (boshini orqaga egib, iyagini 
ko‘taring), boshini orqaga egib, iyagini ko‘tarib, bolalarda - peshonasiga asta 
bosib, iyagini ehtiyotkorlik bilan ko‘tariladi. 
Nafas bor-yo‘qligini tekshirish uchun nafas bor-yo‘qligini aniqlash kerak. 
Buning uchun 5 sekund davomida ko‘rish. eshitish va sezish nazoratidan 
foydalanish lozim. Nafas olmayotgan bo‘lsa, "Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la 
puflanadi. 
Tomiri urayotgan-urmayotganini tekshirish uchun kekirdakni paypaslab 
topib, bo‘yinning yonida joylashgan chuqurchaga barmoq surib boriladi. Tomir 
urishi 10 sekund davomida tekshiriladi. 
Sun'iy o‘pka ventilyatsiyasini o‘tkazish davom ettiriladi. Buning uchun 
boshni orqaga egib, iyagini ko‘tarish uslubi bilan nafas yo‘llarini havo o‘tadigan 
holatda tutib turiladi. Jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi: 
• Kattalarda: har 5 sekundda 1 marta to‘la puflanadi. 
• Bolalarda: har 3 sekundda 1 marta to‘la puflanadi. 
• Go‘daklarda: har 3 sekundda 1 marta tuda puflanadi. 
Havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi 
ko‘tarilishi kuzatiladi. Katta yoshli jabrlanganlarda: shu ishni 1 minut davom 
ettirib, bu vaqt ichida 12 marta puflanadi. Bolalarda: shu ishni 1 minut davom 
ettirib, bu vaqt ichida 20 marta puflanadi. 
Tomir urishi va nafasni bir necha minut oralatib tekshirib turiladi. Agar 
jabrlanuvchining tomiri urib turgan bo‘lsa-yu, avvalgidek nafas olmayotgan bo‘lsa, 
tez yordam etib kelgunicha sun'iy o‘pka ventilyatsiyasi davom ettiriladi.
Agar jabrlanuvchining tomiri urmayotgan, o‘zi nafas olmayotgan bo‘lsa, yurak-
o‘pka faoliyatini tiklash ishini (reanimatsiya)ni o‘tkazish boshlanadi. 


160 
Jabrlanuvchining tomiri urayotgani va u nafas olayotgani sezilsa, 
jabrlanuvchini xushiga keltiruvchi holat (tiklanish holati)da yotqizib, nafas 
yo‘llarini havo o‘tadigan holatda tutib turiladi. Nafas olishini kuzatib turib, qattiq 
qon ketayotgani ma'lum bo‘lib qolsa, u to‘xtatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin