158
kataklari qisiladi. Lablar bilan jabrlanuvchining og‘zini
zich tutib, 2 marta to‘la
puflanadi. havo o‘pkasiga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi
ko‘tarilishi kuzatiladi.
Tomir urayotgan-urmayotganligini tekshirish uchun 10 sekund davomida
tomir urishi tekshiriladi.
Yurakni yopiq massaj qilish uchun:
• Barmoq bilan to‘shning quyi
chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu erga
qo‘yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo‘lgan qo‘lni ishlatish zarur.
• Boshqa qo‘lning kaftini jabrlanuvchining to‘shiga,
barmoqlar turgan joydan
yuqoriroqqa qo‘yiladi.
• Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo‘lning kaftini boshqa qo‘ldan
yuqoriroqqa qo‘yiladi.
• Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak.
To‘shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining
yelkasi kaftlari ustida
turishi lozim. To‘sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan
15 marta bosiladi (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir maromda, tikka,
qo‘lni doimo to‘sh ustida tutgan holda bosish kerak. Muolajani o‘tkazayotganda
tebratuvchi harakat qilmaslik lozim. Bu bosishning ta'sirini kamaytirib,
kuchning
bexuda sarflanishiga olib keladi. Navbatdagi bosishni boshlashdan oldin ko‘krak
qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo‘l qo‘yib berish kerak.
"Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga
egib, iyagini ko‘tarib, nafas yo‘llari ochiladi. Jabrlanuvchining
burun kataklarini
qisib, ikki marta to‘la puflanadi, har biri 1,5-2 sekund davom etishi kerak. Havo
o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgani
kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: