ZILZILA PAYTIDA NIMA QILISh KYERAK? Zilzila ro‘y byerganda
yer bir necha soniyadan bir necha minutgacha silkinadi. Tebranish vaqti siz turgan
joydan zilzila epitsentrigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq. Zilzila o‘chog‘i qancha
yaqin bo‘lsa, u shuncha qisqa vaqtda va yuqori chastotada seziladi. Zilzila
o‘chog‘igacha bo‘lgan masofa ortgan sari u shunchalik uzoq vaqt va pastroq
chastotada seziladi. Masalan, Toshkentda yashovchilar uchun zilzila o‘chog‘i
Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ro‘y byergan
bo‘lsa 10-30 sekundgacha davom etishi mumkin. Toshkentdan 500-600 km
masofada joylashgan Hindukush zilzilalari 2-3 minutgacha seziladi.
Zilzila ro‘y byergan vaqtda: Vahimaga tushmasdan, o‘zingizni osoyishta
tuting va boshqalarga o‘rnak ko‘rsatish.
Agar bir qavatli bino ichidan qochmoqchi bo‘lsangiz bu ishni chaqqonlik
bilan, atrofdagi xavf-xatarni hisobga olgan holda bajaring.
Ko‘p qavatli binolardan tashqariga yugurib chiqishga intilmang. Yuqoridan
tushayotgan buyumlar xavfli. Yaxshisi zilzila to‘xtaguncha bino ichidan xavfsiz
joy tanlash.
Ko‘p qavatli binoda zinalarga yugurib chiqmang, liftga kirmang. Elektr
o‘chib qolishi, yong‘in xavfsizligi signallari, qo‘riqlash qo‘ng‘iroqlarining ovozi,
sinayotgan idish tovushlari, yog‘och g‘ijirlashi, yiqilayotgan turli buyum
tovushlaridan qo‘rqmang.
Tashqarida turgan bo‘lsangiz tezlikda bino va elektr simlaridan holi bo‘lgan
ochiq joyga chiqib oling.
Agar mashinada bo‘lsangiz, bino va elektr simlari, ko‘prik, turli trubalardan
chetroqqa chiqib, mashinani to‘xtating va zilzila bosilguncha kutib turing.
Yer silkinishi so‘nayotganda yana yangi kuchli silkinish boshlanishi
mumkin. Bu bitta zilzila o‘chog‘idan ketma-ket kelayotgan har xil turdagi seysmik
to‘lqinlardir. Ular bir necha minutdan bir necha soatgacha, hatto bir necha kundan
bir necha oygacha davom etishi mumkin.