142
5.
Elektr simlarini tekshiring agar uzilgan bo‘lsa, elektr tarmog‘ini o‘chirib
qo‘ying.
6.
Suv quvuri yo‘lini tekshiring. Agar buzilgan bo‘lsa suv tarmog‘idan uzib
qo‘ying.
7.
Gaz tarmog‘ini jo‘mragidan berkitib qo‘ying, agar gaz xidi chiqib turgan bo‘lsa
aniqlash uchun gugurt yoki shamdan foydalanmang.
8.
Chiqindi suv quvuridan foydalanishdan oldin, uning sozligini tekshirib ko‘ring.
9.
Xavfli tez yonuvchan suyuqliklar to‘kilgan bo‘lsa (benzin ximikatlar va
boshqalar) buni tezda bartaraf qiling va bu xaqda boshqalarga xabar bering.
10.
Agar sizning yordamingiz kerak bo‘lmasa yer qimirlagan va vayron bo‘lgan
joyga kirmang.
11.
Yerto‘la va maxsus yer osti moslamalar eshiklarini ochishda extiyot bo‘ling,
chunki ustingizga suvoq o‘pirindilari yoki og‘ir qismlar tushishi mumkin.
12.
Telefonni keraksiz axbarotlar
uchun band qilib turmang, chunki telefon
yordamga chaqirish, muxim xodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar xaqida
axbarot berish uchun kyerak bo‘ladi. Shuni esda tuting, telefon liniyasini band
bo‘lishi qutqaruv ishlarini foydali ishini kamaytiradi.
13.
Keyingi bo‘ladigan yer qimirlashini o‘zingiz o‘ylab
chiqarmang yoki mish -
mishlarga ishonmang yoki gap tarqatmang. Ishonchli axbarotlardan
foydalaning.
14.
Agar siz vayronagarchilik ostida qolsangiz, sharoitni to‘g‘ri baxolang.
O‘zingiz birinchi tibbiy yordam ko‘rsating, agar lozim bo‘lsa qon oqishini
to‘xtating va jaroxatni bog‘lang.
15.
Oldingizda turgan odamga yordam ko‘rsating, u o‘zini tinchlantirib olsin.
Vayronagarlikdan tashqarida qutqarish uchun yurgan odamlar bilan tovush va
taqqillatish yo‘li bilan aloqa qiling. Kuchingizni tejang. Yodingizda tuting,
albatta yordam keladi.
16.
Yodingizda bo‘lsin qayta silkinish xavfi ya’ni yer silkinishining qaytishi
saqlanadi. Yer silkinishining
qaytishi bir necha daqiqa, soat ba’zi vaqtlarda
yertasi kuni xam sodir bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, zilzila – ya’ni, yer qimirlashi tabiatning eng qo‘rqinchili va
vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan tabiiy ofatlardan biridir. U yer sharining
seysmik jixatdan faol xududlaridan vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyati xam xuddi shu seysmik faol
rayonlaridan bo‘lib, ba’zi bir joylarida 9 ballgacha zilzila sodir bo‘lishi mumkin.
Yer silkinishi 12 balli shkala bo‘yicha baxolanadi. Zilzilaning tashqi ko‘rinishi
quyidagicha izohlanadi:
1-3 balli - kuchsiz;
4-5 balli - sezilarli darajada;
6-7 balli - kuchli va ta’sirli;
8-10 balli - vayrongarchilikka olib keluvchi;
11-12 balli - xalokatli.
143
Yer silkinishi va undan keyingi paytda paydo bo‘ladigan qo‘rquv va vaxima
inson
xayoti uchun juda xavflidir, inson bunday paytlarda qo‘rquvning engib,
o‘zining boshqara olishi kerak.
Demak, insoniyat zilzilani bashoratlash imkoniyatiga ega emas ekan, sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan yer silkinishining zarar-oqibatlarini kamaytirish
imkoniyatiga ega. Biz hozir bu imkoniyatlarni tartib bilan sanab chiqamiz:
1.
Binolarni mustahkamligini ta’minlash (qurilayotgan binolarni mustahkamligini
oshirish, mavjud binolarni mustaxkamligini saqlash,
engil qurilmalardan
foydalanish v. b).
2.
Binolar ichidagi mebel va boshqa jixozlarni mustaxkam o‘rnatish (divan,
krovat, stol-stullarni polga; jovon, shkaf va servantlarni devorga mustaxkam
o‘rnatish, qandil va boshqa osiladigan buyumlarni mustaxkam osish v. b).
3.
Zilzila sodir bo‘lgunga qadar bajariladigan ishlar (eng zarur xujjatlar va boshqa
buyumlar xamda dori-darmonlar solingan sumka tayyorlash; uch kunlik (suv
oziq-ovqat zaxirasi tayyorlash; bino ichidagi xavfsiz joylarni raqamlar bilan
belgilab, o‘rganish; binodan tashqaridagi xavfsiz joyni va unga boradigan yo‘lni
aniqlab o‘rganish v.b.).
4.
Zilzila payitidagi
xarakatlarni aniqlab, o‘rgatish (vaximaga tushmaslik; extiyot
choralarini ko‘rgan xolda, qaltis xarakatlanmay turish; zilzilaning qaytish
xususiyatidan unumli foydalanib, tashqaridagi
xavfsiz joyga chiqish; binodan
chiqolmay qolganda, oldindan o‘rganilgan eng yaqin xavfsiz joylarni egallash
v.b.).
5.
Zilzila to‘xtagandan keyingi xarkatlarni aniqlab o‘rgatish (o‘zini xolatini
aniqlashni, oila a’zolari va yaqinlarini qidirib topishni hamda qutqarishni, eng
zarur birinchi yordam ko‘rsatishni; mavjud yong‘inlarni
cheklash yoki
o‘chirishni; gaz, elektr va suv tizimlarini o‘chirishni; qo‘ni-qo‘shnilarga oilada
bajarilgan tartibda yordam ko‘rsatishni; kelishi mumkin bo‘lgan yordam kuch va
vositalari uchun yo‘l va yo‘nalishlar tayyorlashni o‘rgatish v. b.).
Biz xozir yuqorida sanab chiqqan tadbirlar va ishlar, xar bir fuqaroning,
qolavyersa, har bir jamoaning imkoniyat darajasidagi, ya’ni bajarsa bo‘ladigan
ishlaridan iborat. Ushbu tadbirlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilaning zararli
oqibatlarini bir muncha kamaytirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: