145
-
Qizdirish jarayoni
– yonish reaktsiyasi boshlangandan
keyin qizdirish
manbai bo‘lsa yonish tezlashadi.
B)
Yonish turlari
. Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga
bo‘lish mumkin:
-
Chaqnash
– yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o‘chishi va
yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlashning zarurati yo‘q;
-Qizdirish
natijasida yonishni vujudga kelishi;
-
Alangalanish
– yonishning alanga olib davom etishi;
-
O‘z-o‘zidan yonish
– moddalar ichida asosan organik moddalarda ro‘y
beradigan ekzotermik
reaktsiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi
aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi;
-
O‘z-o‘zidan alangalanish
– o‘z o‘zidan yonishning
alanga bilan davomi;
-
Portlash
- o‘ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil
qilish bilan o‘tishi.
Yonuvchi modda ma`lum haroratlarda o‘zidan yonuvchi bug‘lar
ajratib
chiqishi natijasida muqim alangalanish ta`minlansa, bu harorat alangalanish
harorati deb yuritiladi.
Ba`zi bir, asosan, organik moddalar (torf, qipiq, paxta, ko‘mir mahsulotlari,
qora-mollarning chiqindilari) o‘z – o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega.
Buning asosiy sababi
organik moddalar namlanganda, mikroorganizmlar
rivojlanadi, natijada yuqori harorat hosil bo‘lib o‘z-o‘zidan
qizish jarayoni deb
ataladi.
Dostları ilə paylaş: