147
sanoat korxonalari kiradi. Yong‘in va portlash darajasi korxonani loyihalash va
ishga tushirish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha aniqlanadi.
Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong‘inga qarshi chora –
tadbirlar belgilanadi.
Bu chora-tadbirlar korxona bosh rejasiga kiritiladi.
Ularning eng muhimlaridan biri – korxona majmualarini va binolarini
bajariladigan ishi va yong‘inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir.
Bunga o‘ta yong‘inga xavfli majmualarni,
albatta hududning shamol
yo‘nalishiga qarama – qarshi tomonida joylashtirish tavsiya etiladi.
Aks holda yong‘in sodir bo‘lganda engil alangalanuvchi suyuqlik past
tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlarga tarqalib ketishi xavfi
tug‘iladi.
Sanoat korxonalarini isitish vositalari,
qozon qurilmalari, odatda, ochiq
alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqishi mumkin bo‘lgan uchqunlar yong‘in
xavfini tug‘diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo‘nalishiga qarama – qarshi
tomonda engil alangalanuvchi suyuqliklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning
o‘rnini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Yong‘in xavfsizligini ta`minlashda zavod hududidagi avtomobil yo‘llarini
yaxshilash katta ahamiyatga ega.
Chunki yong‘in vaqtida o‘t o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz
istalgan joygacha bora olishi o‘ta muhim hisoblanadi.
Shuningdek korxona hududidagi yong‘inga qarshi o‘t o‘chiruvchilar
deposini joylashtirish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Yong‘in xavfsizligini ta`minlashda korxona
hududidagi avtomobil
yo‘llarini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong‘in vaqtida o‘t
o‘chirish mashinasi hech qanday to‘siqsiz istalgan joyga bora olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: