Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


QATTIQ YER SILKINISH DAVRIDA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

QATTIQ YER SILKINISH DAVRIDA. 
Yer silkinishi davrida xotirjamlik va 
aql bilan ish ko‘rsangiz talofatsiz chiqishingizga ko‘proq imkoniyat yaratasiz. 
Shunda boshqa kishilar sizdan o‘rnak olishadi va bu bilan ular yutqazishmaydi. 
Xonaning ichida: 
1.Agar siz yer yoki binoning devorlarida yoriqlar paydo bo‘lganligini sezib 
qolsangiz, asosan yuqoridan tushadigan jismlarga e’tibor byergan xolda xarakat 
qiling. 
2.Agar siz ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida yoki pishiq g‘ishtli va paxsali 
shaxsiy uylarda tursangiz yer qimirlay boshlagandan 15-20 sek ichida darxol 
uyning ichidan tashqari xovliga chiqib keting va elektr tarmog‘i, gaz trubalari va 
balandimoratlardan uzoqroqda ochiq joyda turing.
3.Agar xonaning ichida qolsangiz oldindan ko‘zlab qo‘yilgan joyga turib 
oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblar, oyna siniqlari 
tushadigan bo‘lsa, stol yoki krovatlar tagiga byerkinib oling. Maktab o‘quvchilari 


141 
partalarni tagiga kirib olib oynaga teskari o‘girilib bosh qismini va yuzlarini qo‘li 
bilan byerkitib olishlari zarur. 
4.Agar siz ko‘p qavatli uylar va imoratlarning birinchi qavatidan yuqorida 
bo‘lsangiz xech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab chopmang, chunki ko‘p 
xollarda yer qimirlash davrida ushbu qurilmalarning birinchi navbatda qulashi 
xollari kuzatilgan. 
Bunday xollarda uyning eshigini ochib tashlang va eshikning o‘rniga turing. 
Eshik ochilishi qotib qolsa xavotir bo‘lmang bu xol imoratni qiyshayganidan 
bo‘ladi. 
5.Xar imoratning oynaband joylaridan uzoqroqda turishga xarakat qiling. 
Imoratning asosiy devori yonida turishga xarakat qiling. 
6. Birinchi etajdan yuqorida bo‘lsangiz oynali dyerazadan sakramang bino 
buzilmasa xam o‘zingiz lat eyishingiz mumkin. 
7. Sakrashga majbur bo‘lgan xolda oynani taburetka yoki elkangiz bilan 
sindirib keyin sakrang. 
8.Odamlar bilan gavjum joylarda (magazin, kinoteatr, maktab, oliygox, 
vokzal) qo‘rquvga byerilmay, binoning asosiy devorlariga suyanib yoki osilib 
turgan buyumlardan, lyustra, ventilyaor, reklama taxtasidan uzoqroq turish kyerak. 
9. O‘zingizni xotirjam tuting bu atrofingizdagilarga o‘rnak bo‘ladi. 
10. Yer silkinishlari oqibatida qishloq joylarda bir vaqtda, yer ko‘chmasi, sel 
bosishi, tog‘ toshlari tushishi mumkin shuning uchun, tepalik ustiga yoki suv 
bosmaydigan yuqoriroq joyga chiqib olishga xarakat qiling. 
11. Molxonalar yonida turish mumkin emas, chunki qo‘rqib ketgan xayvonlar 
tagida qolib ketishingiz mumkin. 
KO‘ChADA: 
1.
Yuqori qavatli bino yo‘lakchasida turgan bo‘lsangiz ochiq joyga chiqishga 
xarakat qiling, chunki bino buzilsa bo‘lakchalari ustingizga tushishi mumkin. 
Elektr simlari o‘tgan liniyalar tagida xam turmang, uzilib ketishi mumkin. 
2.
Bino yonidan yugurmang va bino ichiga kirmang bu xayotingiz uchun 
xavflidir, chunki buzilayotgan bino bo‘lakchalari ustingizga yoki o‘zingizni 
bosib qolishi mumkin. 
3.
Yer silkinayotgan vaqtda avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz, yuqori qavatli 
imorat, elektr simi, tik qiyalik ostiga, daryo o‘zani yoniga to‘xtamang. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin