17
deyilgan va bu (tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor) nafaqa miqdorini doimiy
ravishda oshirish imkoniyatini tug‘diradi.
40-moddada
“Har bir inson malakali tibbiy
xizmatdan foydalanish
huquqiga ega” deb belgilangan bo‘lib, bunda tibbiyot xizmati bo‘yicha cheklanish
yo‘qolib, turli-tuman kasalliklarni davolashda tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy
davolash muassasalariga ega bo‘ladilar, natijada davolash sohasida raqobat
vujudga keladi va fuqarolar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar.
6 may 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasining
“Mehnatni muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi qonuni
qabul qilindi. Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari,
mulk shaklidan qat’iy nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona
tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘ligi va mehnati muhofaza qilinishini
ta’minlashga qaratilgan.
Qonunning tarkibiy qismi 5ta bo‘lim va 29ta moddalardan tashkil topgan.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha korxonalardagi, muassasalardagi asosiy
qonunchilik aktlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi,
fuqarolik
kodeksi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Ruspublikasining 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar
o‘rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni
huquqiy asoslarini belgilaydi.
O‘zbekistonda birinchi marta ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlariga
kirishayotgan jismoniy shaxslarni mehnatini muhofazasi muammolarini aniq
echimiga bog‘liq har xil savollar qonunchilik darajasida ko‘rilmoqda. Bu qonunlar
ish bajaruvchilarga ham ular bilan mehnat munosabatlarida bo‘ladigan
ishlovchilarga ham, hamda ta’lim
muassasalarini, ishlab chiqarish amaliyotlarini
o‘tayotgan o‘quvchi va talabalarga ham bir xilda ta’sirga egadir. Qonunchilik
mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha ishtirokchilarni, ular hoh jismoniy, hoh
huquqiy shaxs bo‘lishidan va qanday shaklda faoliyat yuritayotganidan qat’iy
nazar mehnat muhofazasi talablarini so‘zsiz bajarilishi shart ekanligiga urg‘u
beradi.
Ushbu qonun ish beruvchilar va ishlovchilar
munosabatidagi mehnat
muhofazasi sistemalari rolini aniqlaydi. Agar korxona va tashkilotda mehnat
muhofazasi bo‘yicha xizmat yoki mutaxassis bo‘lmasa, ish beruvchi mehnat
muhofazasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis yoki tashkilot bilan tegishli
shartnomani tuzishi shart. Ish beruvchi ishlovchilarni mehnat muhofazasi talablari
bilan tanishtirishi va har bir ish joyida mehnat muhofazasi talablariga mos
keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini mehnat sharoiti bo‘yicha attestatsiyadan
o‘tkazishga burchlidir.
Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini o‘z
hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi lozimligi qonunda belgilangan. Ish beruvchi
ishchilarni faoliyati davomida ham quyidagi hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
ishlarini tashkil etishi shart:
1. 18 yoshga to‘lmaganlar;
18
2. 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar;
3. nogironlar;
4. mehnat sharoiti noqulay ishlarda,
tungi ishlarda, shuningdek transport
harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
5. oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan
bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
6. umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning
bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa
xodimlari.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga xodim hakli emas.
Tibbiy
komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin
tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Agar ishchining sog‘ligi ish sharoitining salbiy ta’sirida yomonlashgan
bo‘lsa u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqli.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish qayd etilgan hollarda korxona (ish beruvchi)
mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi.
Ish joylarida to‘liq va zararsiz va xavfsiz ish sharoitini yaratish amalda
mumkin emas. Shu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab
chiqarish omillarinining ishlovchilarga zararli ta’sirini eng kam darajaga
keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan, ishlovchilarni
shikastlanishlarini
oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga
yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: