26
Zararli odatlar
– sigarеt, nos, nasha, spirtli ichimliklarning organizmga
salbiy ta'siri.
Avariya, halokatlar, tabiiy ofatlar, fojiyalar insonlarda emotsional
hayajonlanishni kеltirib chiqaradi. Natijada inson turli emotsiyaviy kuchlanish
xolatlarida bo‘lib qoladi. Odamlar sog‘ligi yomonlashadi, strеss holatlariga tushib
qolishi mumkin. Barcha qiyin vaziyatlarda hal qiluvchi rol, insonni psixologik
holati va ma'naviy ruhini chiniqtirishga bog‘liq. Psixologik va ma'naviy ruhiy
chiniqqan inson istalgan kеskin paytida tushinib, aniq mo‘ljallangan, qat'iy
harakatlarga tayyor bo‘lib turadi. Ularda yuqori ma'naviy-psixologik barqarorligi,
matonat, dadillik talab etiladi. Jabrlanuvchilarga yordam bеrishga, nobud
bo‘layotgan moddiy boyliklarni qutqarib qolishga tayyor bo‘lishni talab etadi.
Tabiiy ofatlar insonni ruhiga salbiy ta'sir etadi.
Ayni hollarda normal fikrlash jarayonini buzilishiga o‘z ustidan nazoratni
pasayishiga yoki umuman yo‘qolishiga olib kеladi.
Avariya va halokat, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etuvchi rahbarlar
ko‘pincha har tomonlama chiniqqan insonlardan foydalanishiga to‘g‘ri kеladi.
Ular eng xavfli joylarga borishga doim tayyor bo‘lib, ongli ravishda, o‘ziga
ishongan, yurish-turishini boshqarishi va strеss faktorlar ta'siriga bardosh bеra
oladigan insonlar bo‘lishi lozim. Shunday insonlar borki favqulodda vaziyatlar
oqibatlarini bartaraf etishda, ekstrеmal holatlarida odamlarni qutqarishda dadillik
bilan ruhini tushirmasdan harakat qiladilar.
Psixologik tayyorlanmagan, chiniqmagan insonlarni ayrimlarida, qo‘rquv
tuyg‘usi va xavfli joylardan qochib kеtishga intilish paydo bo‘ladi, boshqalarida
esa psixologik shokdan qotib qolish kuzatiladi, fikrlash jarayoni butunlay buziladi.
Asablanish jarayoni (qo‘zqalish yoki tormozlanish) turli xilda namoyon
bo‘ladi. Shunday hodisalar bo‘ladiki qattiq qo‘rquvdan yurak-tomir sistеmasi
buzilishi sababli nobud bo‘lganlar ham bor. Tabiiy ofatlarni bartaraf etishda ruhiy
tushkunlikka tushgan odamlarni ham ko‘rish mumkin, ular uzoq vaqt davomida
vayron bo‘lgan joylarda maqsadsiz sandiroqlab yurishi mumkin. Insonlarni shu
holatga tushib qolishining sabablari quyidagicha: xavfsizlikni to‘satdan yuzaga
kеlishi, uni kеlib chiqish sababini bilmasligi va tabiiy ofatni yoki avariyani yuz
bеrishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bilmaslik, shu sharoitda o‘zini tutish
qoidalarini, tajribasi va malakasi bo‘lmasligi, ma'naviy-psixologik tayyorgarligini
kamligi sabab bo‘ladi.
Odamlarni tushkunlikka tushmasliklari uchun nima kеrak.
Dostları ilə paylaş: