Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Inson faoliyatining asosiy turlari, ularning tasnifi va inson



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

2. Inson faoliyatining asosiy turlari, ularning tasnifi va inson 
organizmiga tasiri. 
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini 
boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib uning sog‘lig‘ini saqlash 
ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Mehnat va 
faoliyat davomida inson har qanday ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Mehnat
– insonning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga qaratilgan 
faoliyatdir. Mehnat faoliyati kishining asosiy faoliyatidir. Faoliyatda kishining 
shaxsi ifodalanadi va ayni chog‘da faoliyat uning shaxsini shakllantiradi.
Biz mehnatni aqliy va jismoniy turlarga bo‘lib o‘rganamiz.
Aqliy mehnat
– bu o‘zida axborot qabul qilish, e’tibor va diqqatni ongda 
jamlashdir. Aqliy mehnat – operatorlik, ijodiy boshqarish, tibbiyot xodimlarining 
mehnati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar mehnatidir. Aqliy faoliyat bu har 
xil axborotni tahlil qilish, xotirani va e’tiborni kuchaytirishdir. O‘quvchi va 
talabalar mehnati – bu asosiy imtixonlarni tashkil etadi, bunda asosiy xotira va 
e’tibor ko‘proq ishlaydi. Ijodiy faoliyat bu eng qiyin mehnat bo‘lib unda yaxshi 
xotira va e’tiborni talab qiladi. Ijodiy faoliyat yozuvchi, kompozitor, rassom va 
arxitektorlarga xosdir. Ularda asab tolalari charchaydi, taxikordiyaga (yurakning 
tez urishi) qon bosimi oshishiga, harorat ko‘tarilishiga olib keladi.


23 
Aqliy mehnat vaqtida (o‘qish, yozish fikrlash, masala echish, dars tinglash 
va hokazo) asosan ko‘rish, eshitish, nutq organlari va ularning bosh miya 
po‘stlog‘idagi markazlarning nerv xujayralari ish bajaradi. Ammo aqliy faoliyat 
uzoq davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati 
yomonlashadi, e’tibori kamayadi, o‘zlashtirish pasaya boshlaydi, u bo‘shashadi, 
mudraydi.
Bu esa miya xujayralarning charchaganidan dalolat beradi. Miya nerv 
xujayralarini charchashini oldini olish uchun 5-10 daqiqa tanaffus beriladi.
Jismoniy mehnat
– bu bizning harakat a’zolarimiz tomonidan bajarilib
inson organizmning faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo‘llarini) va ularning 
mehnatini ta’minlaydi, tananing skelet muskullari, paylari bo‘g‘imlari yordamida 
bajariladi. Bajariladigan ishning turiga va sarflanadigan energiya miqdoriga ko‘ra 
barcha ishlovchi odamlar 4 guruhga bo‘linadi.
1.
Aqliy mehnat. 
2.
Mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat.
3.
Mexanizatsiyalashmagan jismoniy mehnat.
4.
Mexanizatsiyalashmagan og‘ir jismoniy mehnat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin