22
Xavfsizlik umumiy
nazariyasining
tuzilishida asoslar
va
usullar
ko‘rilayotgan sohadagi aloqalar o‘g‘risida to‘liq tasavvur
qilishda metodologik
ahamiyatga ega.
Asos, bu
- fikr, g‘oya, maqsad (asosiy holat)dir
.
Usul,
bu –
eng
umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo‘lidir.
Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos
umumiy usullarga tegishli bo‘lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi.
Usullar va asoslar o‘zaro bog‘liqdir.
Xavfsizlikni taminlash choralari, bu –
usullarni va asoslarni amaliy,
tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy
pog‘onadir.
Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning
darajasiga va boshqa mezonlarga bog‘liq.
Xavfsizlikni taminlash yo‘llari ko‘p. Ularni
belgilariga qarab bir necha
sinfga ajratish mumkin. Masalan, yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
1.
Yo‘naltiruvchi belgilari:
operatorning faolligi, iqtidori; tizimning
tartibsizlanishi (destruktsiya),
operatorni almashtirish, tasniflash, xavflarni
yo‘qotish, tartiblash, xavfni kamaytirish.
2.
Texnik belgilari:
blokirovkalash, vakuumlash, germetiklash,
masofadan
boshqarish, mahkamlash, to‘siqlar orqali himoyalash, ojiz zveno
qo‘llash,
siqilgan
havo qo‘llash, harakatlarni sekinlashtirish.
3.
Tashkiliy belgilari:
vaqt bilan himoyalash, axborot (ma`lumotlar),
zahiralash, mos kelmaslik, me`yorlash, xodimlar tanlash, ergonomiklik.
4.
Boshqaruv:
moslik, nazorat, qarshi aloqa,
javobgarlik, rejalilik,
rag‘batlantirishlar, samaradorlik, boshqarish.
Dostları ilə paylaş: