Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Birinchidan,
o
g‘ir psixologik jarohat olgan insonni bir guruh odamlar ichida, 
qandaydir jismoniy ish bеrilsa, odam o‘zini tеzroq ruhiy tiklab oladi.
Ikkinchidan,
 
insonga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida, doimo 
ekstrеmal sharoitlarda harakatlanishga tayyorgarlik ko‘rish, psixologik 
barqarorlikni shakllantirish, irodani chiniqtirish lozim. Shuning uchun ham 
psixologik tayyorlanishni asosiy mazmuni bo‘lib, kеrakli psixologik sifatlarni hosil 
qilish va mustahkamlashdir. Bu еrda asosiysi aniq hududda, aholi yashaydigan 
joyga yoki ob’yеktda, imkon darajasida yaqinlashtirib, o‘rgatishni tashkil etish 
lozim. Dadillik, sovuqqonlik, xavfli va murakkab sharoitlarda aql-idrok bilan 


27 
fikrlashni, tarbiyalashni muhimligini ta'kidlash kеrak. Bu sifatlarni hosil qilishni 
tabiiy ofat jarayonidagi ahvol bilan og‘zaki tanishtirish mumkin emas. Faqat 
amaliyot vaqtida kеrakli malaka va psixologik barqarorlikni, emotsional (his 
tuyg‘u) irodani tajribasidan olish mumkin. Shuning uchun ham aholi bilan 
mashg‘ulot o‘tkazishda, ayniqsa harbiy qismlar bilan, kеrakli harakatlarni faqat 
uzoqni tavsiflab, kino-vidеofilmlarni ko‘rsatish bilan chеklanmasdan, albatta, shu 
joylarda uchrashi mumkin bo‘lgan qutqaruv ishlarini usullarini amalda mеyoriga 
еtkazish kеrak. Malaka hosil qilish asosida kеrakli mashg‘ulotlarni qayta-qayta 
takrorlab, kеrakli harakatlarni ongli ravishda qaytarib turish kеrak. 
Uchinchidan,
jamoani 
tayyorlash 
– korxonalarni, tashkilotlarni, 
muassasalarni, barcha xodimlarni bardoshligini oshirish, psixologik yuklamalarga, 
chidamligiga, dadil bo‘lishiga, qo‘yilgan vazifalarni bajarishga, uzluksiz intilish, 
o‘zaro ta'sir va yordam ko‘rsatish lozim. Bunday tayyorgarlikni tabaqalashtirish 
bilan o‘tkazish, ya'ni har bir jamoa qanday ishlarga mo‘ljallanganligini va aniq 
jamoa qaysi vaziyatga duch kеlishini hisobga olish kеrak. Va buni mashqlarda 
o‘tkazish lozim. Fojiyaviy hodisalarni oqibatlarini bartaraf etish tajribasi - jamoani 
ma'naviy, intеllеktual va moddiy rеsurslarni bir joyga yig‘ishni, aholini favqulodda 
vaziyatlarda harakatlanishga o‘rgatishni ko‘rsatadi. 
Shuni esda tutish kеrakki, insonlarni psixologik tayyorgarlik darajasi – 
muhim faktorlardan biri dеb hisoblanadi. Kichkina sarosimalik va qo‘rquvni 
ko‘rsatish, ayniqsa avariyani yoki halokatni boshlanishida, tabiiy halokatni 
rivojlanishida, juda og‘ir, bir xil hodisalarda esa to‘g‘rilab bo‘lmaydigan, 
natijalarga olib kеlishi mumkin. Birinchi navbatda bu mansabli insonlarga tеgishli, 
darhol kеrakli choralarni ko‘rishi, jamoani mobilizatsiyalab (safarbarlik), shu bilan 
birga shaxsiy intizomini va matonatini ko‘rsatishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin