27
fikrlashni, tarbiyalashni muhimligini ta'kidlash kеrak. Bu sifatlarni hosil qilishni
tabiiy ofat jarayonidagi ahvol bilan og‘zaki tanishtirish mumkin emas. Faqat
amaliyot vaqtida kеrakli malaka va psixologik barqarorlikni, emotsional (his
tuyg‘u) irodani tajribasidan olish mumkin. Shuning uchun ham aholi bilan
mashg‘ulot o‘tkazishda, ayniqsa harbiy qismlar bilan, kеrakli harakatlarni faqat
uzoqni tavsiflab, kino-vidеofilmlarni ko‘rsatish bilan chеklanmasdan, albatta, shu
joylarda uchrashi mumkin bo‘lgan qutqaruv ishlarini usullarini amalda mеyoriga
еtkazish kеrak. Malaka hosil qilish asosida kеrakli mashg‘ulotlarni qayta-qayta
takrorlab, kеrakli harakatlarni ongli ravishda qaytarib turish kеrak.
Uchinchidan,
jamoani
tayyorlash
– korxonalarni, tashkilotlarni,
muassasalarni, barcha xodimlarni bardoshligini oshirish, psixologik yuklamalarga,
chidamligiga, dadil bo‘lishiga, qo‘yilgan vazifalarni bajarishga, uzluksiz intilish,
o‘zaro ta'sir va yordam ko‘rsatish lozim. Bunday tayyorgarlikni tabaqalashtirish
bilan o‘tkazish, ya'ni har bir jamoa qanday ishlarga mo‘ljallanganligini va aniq
jamoa qaysi vaziyatga duch kеlishini hisobga olish kеrak. Va buni mashqlarda
o‘tkazish lozim. Fojiyaviy hodisalarni oqibatlarini bartaraf etish tajribasi - jamoani
ma'naviy, intеllеktual va moddiy rеsurslarni bir joyga yig‘ishni, aholini favqulodda
vaziyatlarda harakatlanishga o‘rgatishni ko‘rsatadi.
Shuni esda tutish kеrakki, insonlarni psixologik tayyorgarlik darajasi –
muhim faktorlardan biri dеb hisoblanadi. Kichkina sarosimalik va qo‘rquvni
ko‘rsatish, ayniqsa avariyani yoki halokatni boshlanishida, tabiiy halokatni
rivojlanishida, juda og‘ir, bir xil hodisalarda esa to‘g‘rilab bo‘lmaydigan,
natijalarga olib kеlishi mumkin. Birinchi navbatda bu mansabli insonlarga tеgishli,
darhol kеrakli choralarni ko‘rishi, jamoani mobilizatsiyalab (safarbarlik), shu bilan
birga shaxsiy intizomini va matonatini ko‘rsatishi lozim.
Dostları ilə paylaş: