36
-
inson bajaradigan jarayonlarning ketma-ketligini o‘rnatish va taqdim
etayotgan axborotning shakli va hajmini aniqlash,
-
inson faoliyatiga vaqt va aniq talablarning ishonchli aniq baholash.
Ko‘rib chiqilgan ishlar asosida quyidagilar aniqlanadi: mutaxassislar tarkii,
ularning vazifalari va ishlarini tashkil etish; axborotni aks ettirish vositalari tarkibi,
boshqarish organlarining ish joyi va boshqarish pul’ti; axborotni aks ettiruvchi
vositalarning va boshqarish organlari hamda ish joyining korxonada joylanish
komponovkasi.
Ergonomik biomexanika insoniyat va uni o‘rab turgan atrof-muhit
predmetlarini, aynan uni qulaylashtirish maqsadidagi o‘zaro
munosabatini
o‘rganadi. Ergonomik biomexanika zamonaviy ishlab chiqarish sharoitidagi
insoniyat omillarini o‘rganuvchi ilmiy soha hisoblanadi.
Ergonomik biomexanika — inson omilini zamonaviy ishlab chiqarish
jarayonlariga qanday bog*liqligini o‘rganadi, inson-texnika-muhit tizimida qulay
ish sharoitlari uchun tizimdagi mavjud muammolami, yangi texnika va
texnologiyalar
ishlab chiqishda, tegishli ish sharoitlarini yaratishda inson omilini
o‘rganadi, ma’lum sharoitlarda texnika va mashinalami boshqarayotgan odam
(odamlar guruhi)ni kompleks o‘rganadi.
Inson omili keng ma’noda jamiyat ishlab chiqarishi samaradorligiga ma’lum
bir ta’sir ko‘rsatuachi kompleks ko‘rsatkichlar bo‘lib, motivatsiya, qadriyatlar
tizimi, inson turmushining moddiy va ma’naviy sharoitlari bilan bog'liq bo‘ladi.
Insoniyat qadimdan' atrof-muhit bilan, mehnat quroli bilan o‘zaro
munosabatda
bo‘lib, o‘z faoliyatining samaradorligi o‘zaro munosabatlar sharoitlarining
o‘zgarishiga bog‘liq ekanligini ko‘rdilar.
Inson-texnika-muhit tizimi insonni axborot, materiallar, qurilmalar va
energiya bilan integrallaydi. Inson omilini hisobga olish faqat inson- operator
faoliyati
samaradorligini oshirib qolmay, butun tizimning shaklini o‘zgartirib
qurilmalar, muhit bilan o‘zaro ta’sirini yangilashga qaratiladi. Ergonomik
biomexanika fanni insonning texnikani boshqarishdagi faoliyatini va xulqini
o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: