Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Ergonomikaning maqsadi
– “inson-mashina” tizimida mehnat sharoitini 
optimallash. ergonomika texnikaga va uni ishlash sharoitiga bo‘lgan, inson talabini 
aniqlaydi. Texnika ergonomikasi bu texnika xususiyatlarini umumlashtirilgan 
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ergonomika
“inson-mehnat quroli-ishlab chiqarish muhiti” tizimini 
o‘rganadigan yagona jarayon va uni optimallashni tavsiyalashni ishlab chiqish 
vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. ergonomika quyidagi fanlarning tavsiyalarini 
qo‘llaydi: biologiya, psixologiya, fiziologiya, mehnat gigienasi, kimyo, fizika, 
matematika, kibernetika va boshqalar. 
Ergonomikaning roli yildan-yilga oshib bormoqda, ayniqsa texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish davrida. 
Ishlab chiqarish sifatini baholash uchun quyidagi ergonomik ko‘rsatkichlar 
qo‘llaniladi:
- gigienik
– yorug‘lik darajasi; harorat, namlik, bosim, changliligi, shovqin, 
radiatsiya, vibratsiya va boshqalar.
- antropometrik
– inson antropometrik xususiyatlarning mahsuliga muvofiq. Bu 
ko‘rsatkichlar guruhi ratsional va qulay inson gavdasining holatini, gavdani to‘g‘ri 
tutishini, insonni tez charchashning oldini olishini ta’minlashi kerak.
- fiziologik
– insonning sezish organlarining ishlash xususiyati mahsuliga 
muvofiqligi bilan aniqlanadi. Ular insonning ishlash tezligi va hajmiga hamda 
sezgi organlari orqali keladigan ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish va hid bilish 
axborot hajmiga ta’sir qiladi.
- psixologik
– insonning psixologik xususiyatlari mahsuliga muvofiq qiladi. 
Axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash imkonini beradigan, insonda bo‘lgan va 
qayta shakllanadigan malaka mahsuliga muvofiq tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Ergonomikaning tarkibiy qismi
Muhandislik psixologiyasi
– bu “inson-muhit” tizimini ishlatish va 
yaratilishi, loyihalash uchun inson va texnika informatsion ta’siri qonuniyligini 
o‘rganuvchi ilmiy fan. Muhandislik psixologiyasi inson tomonidan axborotni qabul 
qilish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonlarini o‘rganadi.
Psixologik, psixofiziologik jarayonlar va inson xususiyatlari asosida, bu texnik 
vositalar va “inson-muhit” tizimining tuzilishiga bo‘lgan talablarni, shuningdek 
inson-operator xususiyatiga bo‘lgan talablarni aniqlaydi.
Operator va “inson-muhit” tizimi faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari sifatida 
muhandislik 
psixologiyasi 
samaradorligini, 
ishonchlilik 
va 
tez 
harakatlanuvchanlikni qo‘llaydi.


35 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin