43
chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, uskuna konstruktsiyasi va
ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Xavfli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqish xususiyatiga qarab, ko‘rinib
turgan va ko‘rinmaydiganlarga bo‘lish mumkin. Ko‘rinib turgan, xavfli,
tashqi
belgilari bilan yaqqol ifodalanadi: masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismlari,
alanga, ko‘tarilib va osilib turgan yuk. Ko‘rinmaydigan xavfli mashinalar,
mexanizmlar, moslamalar va asboblarda yashirin nuqsonlarning borligiga
bog‘liqdir. Yashirin xavfni, shuningdek ish doirasining tiqishtirilganligi va
ivirsiganligi, asbob, moslamalarni o‘z maqsadida foydalanmaganligi, uzilgan elektr
simlari, mxodimlarning noto‘g‘ri va xato harakatlari va boshqalar tug‘dirishi
mumkin.
Ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish -juda murakkab kompleks bo‘lib,
avvalo, muhandis, texnik mutaxassislardan, shuningdek tibbiy va boshqa sohadagi
mutaxassislardan alohida e'tibor qaratishni talab eatadigan muammodir.
Mashina
va
mexanizmlarning
xavfli
doiralari.
Agar
ishlovchilar
jarohatlantirishga sababchi bo‘lgan xavfni keltirib chiqaruvchi
mashinalar bilan
ma'lum masofada ishlamasalar ko‘ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin.
Insonning hayoti va salomatligiga ta'sir etadigan xavfli maydoni xavfli doira
deb ataladi. Xavfli doira mashinaning harakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida,
yuk yaqinida, ko‘tarib-tushiradigan transport vositalarida qo‘zg‘atiladigan yuk
atrofida paydo bo‘lishi mumkin. Ishlovchilarning
kiyim va sochlarini
uskunalarning harakatdagi qismlarini tortib ketish imkoniyatiga ega havfli doira
xafv-xatar tug‘diradi. Juda ko‘p jarohatlar ishchilardagi osilib yotgan kiyimlarni
qishloq xo‘jaligi mashinalarining to‘silmagan kardanli uzatmalari o‘rab ketishi
tufayli sodir bo‘ladi.
Strelali kranlarning xafvli doira o‘lchamlari uning strela uzunligiga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari. Texnologik
jarayonlarni bajarishda, tashkil qilishda va loyihalashda GOST 12.3.002-75 va TS
46.0.141-83 quyidagilarni inobatga olish shart deb belgilaydi.
Ishchilarni xavfli va zararli ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
dastlabki
materiallar, yarim mahsulotlar va chiqindi ishlab chiqarilishi bilan bevosita
aloqasini yo‘qotish, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud joylarni
kompleks avtomatlashtirish hamda mexanizatsiyalash, texnologik jarayonlarda
nazorat va boshqarish tizimini o‘rnatish darkor. Bu ishlovchilarning himoyasini va
ishlab chiqarish jarayonlarining avariya holatda o‘chirilishini ta'minlaydi.
Ishlab chiqarish chiqindilarini o‘z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash,
ular xavfli va zararli ishlab chiqarishning oldini olishga yordam beradi.
Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari texnologik hujjatlarda
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Ish joyidan tashqarida
bajarayotganda xonalarni va
maydonlarni tanlashga katta e'tibor qaratmoq kerak. Shuningdek, uzluksiz ishlab
chiqarish jarayonlarining xavfsizligini, uskunalarni to‘g‘ri joylashtirish va ish
joylarini oqilona tashkil qilish bilangina ta'minlash mumkin. Materiallarni, tayyor
mahsulotni va ishlab chiqarish
chiqindilarini saqlaganda, xavfli ishlab chiqarish
omillarining sodir bo‘lishidan himoyalanish kerak.
44
Ishlab chiqarishda ishlashga ruxsat etilgan shaxslarning fizik imkoniyatlarini va
mehnat xususiyatlarini hisobga olish shart. Xizmat qiluvchi xodimlar bajarayotgan
ishlariga muvofiq mehnat xavfsizligi bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan
bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: