Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

2. Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar 
Barcha mashina va mexanizmlarga xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish 
sanitariyasi bo‘yicha yagona talablar qo‘yiladi. Ana shu talablarga muvofiq 
mashina va mexanizmlarni boshqarishning asosiy richaglari o‘ng qo‘l ostiga 
joylashgan bo‘lishi, har qaysi mashinada tovush signali, orqani ko‘rish oynasi, 
burilish va to‘xtash signallari bo‘lishi kerak. 
Ish jarayonida mashina va mexanizmlardagi mahkamlangan joylar bo‘shashadi, 
zazor (tirqish) lar kattalashadi, moy, suv yoki yonilg‘i siza boshlaydi va hokazo. 
Shu boisdan pala-partish ko‘rsatilgan texnik xizmat avariya va baxtsiz hodisalarga 
sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, traktor yurish qismining mahkamlangan joylarini 
o‘z vaqtida tekshirib va taranglab turilmasa, u ag‘darilib ketishi mumkin. Agar 
mashina ishlayotgan vaqtda inson hayoti yoki salomatligiga xavf soladigan nuqson 
payqalsa, ishni darhol to‘xtatish kerak. Har bir traktorchi, kombaynchi, haydovchi 
mashinani ishlatishdan oldin uning texnik holatini tekshirib ko‘rishi kerak. 
Mashinadagi har bir harakatlanuvchi detal havflidir. aylanayotgan val
yulduzcha, tishli g‘ildirak qo‘lni, turmaklanmagan sochni yoki kiyimni ichkariga 
olib ketishi mumkin. Shu boisdan mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi 
qismlari qalpoq, g‘ilof, kojux, to‘siqlar bilan berkitiladi. Ammo harakatdagi barcha 
qismlarni ham himoya qurilmalari bilan berkitib bo‘lmaydi. Shu sababdan xavfli 
zonada ham ishlashga to‘g‘ri keladi. Xavfli doira hamma mashina va 
mexanizmlarda bor. Ular mashinalarning tashqi qismida (kombaynning parragi, 
qirquvchi apparat iva h.k.) va ichki qismida (yanchish barabani, tozalash 
ventilyatori, konveyerlar) bo‘lishi mumkin. Harakatga keltiruvchi dvigatelning 
aylanayotgan maxovigi atrofidagi doira xavfli hisoblanadi. Shu sababdan agar 
dvigatelni yurgizib yuborishning iloji bo‘lsa, maxovikni qo‘l bilan aylantirish man 
etiladi. Yurib ketayotgan mashinaning o‘zi ham xavfli doira hisoblanadi. Shuning 
uchun dvigatel ishlayotganida yoki mashina yurib ketayotganida uni moylash
rostlash va nuqsonlarini bartaraf qilish man etiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan 
agregatlarga xizmat ko‘rsatayotganlar ish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga 
rioya qilishi: ishlab turgan mashina yaqinida echinib kiyinmasligi, o‘ziga mos 
bo‘lmagan jomakorda ishlamasligi, kiyimining etaklari (barlari) shalvirab osilib 
turmasligi kerak. 
Traktor, kombayn va avtomobilda haydovchi asboblarining to‘la jamlanmasi, 
birinchi yordam ko‘rsatish uchun aptechka, ichimlik suv solingan idish, zavod 
tomonidan beriladigan qo‘llanma bo‘lishi shart. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin