51
doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini
yangilab va to‘ldirib turishdir.
Davriy yo‘riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan
o‘tkazilishi mumkin, bunda tsex yoki korxonada bo‘lib o‘tgan noxush
hodisalarni talqin qilgan holda suhbat o‘tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta’til,
kasallik, mehnat safari va x.k) o‘z muddatida
ishchilarga o‘tkazilmagan yo‘riqnoma keyinchalik o‘tkaziladi. Davriy
yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo‘yiladi.
Navbatdan taashqari quyidagi hollarda o‘tkaziladi
:
-texnologik jarayon o‘zgarganda, bir uskuna o‘rniga boshqa uskuna
o‘rnatilganda va mehnat sharoiti o‘zgartirilganda;
-tsex bo‘limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro‘y berganda;
-ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni
ishchilar
diqqatiga yetkazish zarurati to‘g‘ilgan hollarda;
-ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalarni talablari buzilishi
aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo‘riqnomada dastlabki yo‘riqnomaning shu
yo‘riqnoma o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi.
Bu yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma singari bevosita
rahbar (usta) tomonidan o‘tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va
sababi ko‘rsatiladi.
Ishchilarni bilimini tekshirish
. Dastlabki yo‘riqnomadan va malaka
oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga
o‘tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha bilimlarini
tekshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus
komissiya tuziladi va unga rais qilib tsex boshliqlaridan biri belgilanadi.
Zarurat bo‘lganda, aniq sharoitdan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar,
energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’lum
nusxada rasmiylashtirilgan
shahodotnoma beriladi.
Bilimlarni tekshirish yo‘riqnoma dasturi asosida tsex boshliqlari
tomonidan
tuzilgan savollar yuzasidan o‘tkazilib, dastlabki, davriy va navbatdan tashqari
turlarga bo‘linadi.
Davriy tekshiruvdan ishchilarning bilimlarini maxsus tartibda tekshirib
turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va tsex boshlig‘i tomonidan
tasdiqlanadi.
Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o‘zgarganda, yangi
mexanizm va uskunalar o‘rnatilganda, yangi qoida, yo‘riqnomalar tadbiq
qilingan hollarda hamda qoida yo‘riqnomalar bo‘yicha bilim yetarli bo‘lmagan
hollarda
davlat nazorat tashkilotlari, korxona rahbarlari talabi bilan o‘tkaziladi.
Bilimlarni tekshirish natijalari jurnalga qayd qilinadi va ishchining
shahadotnomasiga yozib qo‘yiladi. Tekshiriluvchining bilimiga baho qo‘yishdan
(yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) tashqari uni mustaqil ishlashga ruxsat berish
haqida jurnalga ham qayd qilishi kerak.
52
Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi
aniqlansa unga
mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida
qayta tekshiruvdan o‘tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz
tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu
kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida
belgilanganidek intizomiy choralar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: