49
SHikastlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi va
boshqa maxsus masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib
boradilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan
jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan
foydalangan holda o‘tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan va yakka
tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10
kishidan oshmasligi kerak.
Kirish yo‘riqnomasi o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi
qo‘liga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo‘riqnomasining dasturi:
1
. korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
2. mehnat muhofazasi
.
Havfsizlik standartlari tizimlari hakida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va
dam olish vaqti. Ayollar va balog‘atga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish.
Davlat, tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz hodisalarni taftish qilish.
Ichki mehnat tartibi qoidalari.
3.Xavfsizlik texnikasi.
Xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab
chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining asosiy sabablari.
Xavfsizlik standartlari tizimlarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalariga
qo‘yiladigan
talablar.
Uskunalarning
asosiy
xavfsizlik
qoidalari.
Ogohlantiruvchi, to‘suvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va
belgilari. Elektr toki bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar.
Jarohatlarning oldini olish tartiblari.
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. Yuk
ko‘tarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz
foydalanish qoidalari.
Dostları ilə paylaş: