Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

37-moddada
“Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona 
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan. Matn davomida “ Sud hukmi bilan 
tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunga ko‘rsatilgan boshqa hollardan 
(harbiy xizmat chog‘ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy 
mehnat ta’qiqlanadi” deb qo‘yilgan. 
38-moddada
”Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga 
egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan ta’tilining muddati qonun bilan 
belgilanadi” deyilgan. 
39-moddada
“Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, 
shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. 
Nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab 
qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas“ 


17 
deyilgan va bu (tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor) nafaqa miqdorini doimiy 
ravishda oshirish imkoniyatini tug‘diradi. 
40-moddada
“Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish 
huquqiga ega” deb belgilangan bo‘lib, bunda tibbiyot xizmati bo‘yicha cheklanish 
yo‘qolib, turli-tuman kasalliklarni davolashda tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy 
davolash muassasalariga ega bo‘ladilar, natijada davolash sohasida raqobat 
vujudga keladi va fuqarolar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar. 
6 may 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasining
“Mehnatni muhofaza 
qilish to‘g‘risida”gi qonuni
qabul qilindi. Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, 
mulk shaklidan qat’iy nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona 
tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘ligi va mehnati muhofaza qilinishini 
ta’minlashga qaratilgan.
Qonunning tarkibiy qismi 5ta bo‘lim va 29ta moddalardan tashkil topgan. 
Mehnat muhofazasi bo‘yicha korxonalardagi, muassasalardagi asosiy 
qonunchilik aktlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi, fuqarolik 
kodeksi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlari hisoblanadi. 
O‘zbekiston Ruspublikasining 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan 
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar 
o‘rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni 
huquqiy asoslarini belgilaydi. 
O‘zbekistonda birinchi marta ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlariga 
kirishayotgan jismoniy shaxslarni mehnatini muhofazasi muammolarini aniq 
echimiga bog‘liq har xil savollar qonunchilik darajasida ko‘rilmoqda. Bu qonunlar 
ish bajaruvchilarga ham ular bilan mehnat munosabatlarida bo‘ladigan 
ishlovchilarga ham, hamda ta’lim muassasalarini, ishlab chiqarish amaliyotlarini 
o‘tayotgan o‘quvchi va talabalarga ham bir xilda ta’sirga egadir. Qonunchilik 
mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha ishtirokchilarni, ular hoh jismoniy, hoh 
huquqiy shaxs bo‘lishidan va qanday shaklda faoliyat yuritayotganidan qat’iy 
nazar mehnat muhofazasi talablarini so‘zsiz bajarilishi shart ekanligiga urg‘u 
beradi. 
Ushbu qonun ish beruvchilar va ishlovchilar munosabatidagi mehnat 
muhofazasi sistemalari rolini aniqlaydi. Agar korxona va tashkilotda mehnat 
muhofazasi bo‘yicha xizmat yoki mutaxassis bo‘lmasa, ish beruvchi mehnat 
muhofazasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis yoki tashkilot bilan tegishli 
shartnomani tuzishi shart. Ish beruvchi ishlovchilarni mehnat muhofazasi talablari 
bilan tanishtirishi va har bir ish joyida mehnat muhofazasi talablariga mos 
keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini mehnat sharoiti bo‘yicha attestatsiyadan 
o‘tkazishga burchlidir. 
Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini o‘z 
hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi lozimligi qonunda belgilangan. Ish beruvchi 
ishchilarni faoliyati davomida ham quyidagi hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish 
ishlarini tashkil etishi shart: 
1. 18 yoshga to‘lmaganlar; 


18 
2. 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar; 
3. nogironlar; 
4. mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport 
harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; 
5. oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan 
bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar; 
6. umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning 
bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa 
xodimlari.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga xodim hakli emas. Tibbiy 
komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin 
tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Agar ishchining sog‘ligi ish sharoitining salbiy ta’sirida yomonlashgan 
bo‘lsa u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqli. 
Tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish qayd etilgan hollarda korxona (ish beruvchi) 
mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi. 
Ish joylarida to‘liq va zararsiz va xavfsiz ish sharoitini yaratish amalda 
mumkin emas. Shu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab 
chiqarish omillarinining ishlovchilarga zararli ta’sirini eng kam darajaga 
keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan, ishlovchilarni 
shikastlanishlarini oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga 
yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin