Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Xavflarni o‘rganish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Xavflarni o‘rganish tartibi
 
uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam 
bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga 
keltiradigan 
qismlarni 
aniqlash; 
3-qadam-tahlilni 
chegaralash, ya’ni, 
tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich – xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va 
xavflar daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda 
sabablari hisobga olingan holda tamom bo‘ladi (2.2.-rasm).
Uchinchi bosqich – oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-
xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo‘llarini tayyorlash va 
asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig‘indisidir. O‘zaro ta’siri 
bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig‘indisi tizim deb 
ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob’ektdan tashqari aloqalar va 
bog‘lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga 
misol bo‘lishi mumkin. 
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb 
ataladi. Masalan, «Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit». 


14 
1.2.-rasm. «Xavflar daraxti»ning sxemasi. 
Tizimlash tamoyili hodisalarni o‘zaro bog‘liq ravishda bir to‘plam 
tariqasida o‘rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi 
element deb aytiladi. Masalan, yong‘in-yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, 
yondiruvchi. Bu erda yong‘in-tizim, yonuvchi modda-oksidlovchi, yondiruvchi-
uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, tizim 
buziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo‘lmaydi. Bu tizimning muhim 
xususiyati bo‘lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan. ko‘ngilsiz 
voqealarning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan 
tadbirlar xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy maqsadidir.
Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. 
Sababsiz haqiqiy xavf ham, zarar ham yo‘q. Demak, xavfdan saqlanish uning 
kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.
Sodir bo‘lgan xavflar bilan sabablar o‘rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. 
O‘z navbatida bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va h.k. 
Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday 
grafikning tasviri shoxli daraxtga o‘xshaydi. Quriladigan daraxtlarda sabab va 
xavf shoxlari bor. Ularni o‘zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun 
xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan tasvirni sabablar va xavflar daraxti deb atash 
lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin