Tavakkalning turlari . Tavakkal ikki xil bo‘ladi: shaxsiy
«tavakkal»-
ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko‘pchilik «tavakkali»- takroriy
hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog‘liqlik. Bizda hozircha
ijtimoy «tavakkal» bo‘yicha hech qanday ma’lumot yo‘q. Xorijda esa alohida
ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari, xavf turlari bo‘yicha to‘liq
ma’lumotlar mavjud.
Jamoat «tavakkali» xavfni sub’ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi.
Odatda ko‘pchilik kam uchraydigan va ko‘p qurbon bo‘lgan voqealarga keskin
ravishda ahamiyat beradi. Masalan, ishlab chiqarishda har yili o‘rta hisobda 200-
250 kishi halok bo‘ladi. Ammo bir halokatda 5-10 kishi qurbon bo‘lgani oldingi
ma’lumotlardan ko‘ra odamlarga ko‘proq ta’sir qiladi. Kishilarning bu ruhiy
holatini qabul qilishi mumkin bo‘lgan «tavakkal» masalasi kurilganda hisobga
olish lozim.
Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo‘llash boshqa usullarga
qaraganda ko‘proq to‘g‘ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar
natijasida halokatli (o‘lim bilan) tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AQSH ning
umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari quyidagichadir:
1.
Yo‘l transporti hodisasidan-3
10
-4
.
2.
Zaharlanishdan - 2 10
-5
.
3.
Yong‘indan kuyish - 4 10
-5
.
4.
Elektr tokidan - 6 10
-5
.
5.
Yashindan - 5 10
-7
.
6.
Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 1 10
-5
.
7.
Umumiy «T» - 6 10
-4
.
8.
Boshqalar - 4 10
-5
.
Tavakkalni tasniflash . «T» ni baholashda uni «foyda» bilan solishtirish
ya’ni, odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilishi taklif qilindi.
Ko‘p olimlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo‘q.
Lekin, odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag‘ sarf qilish kerak
deganda bunday baho kerakdir. Xorijda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, odam
hayoti AQSH da 650 mingdan 7 million dollargacha baholanar ekan.
Tavakkalni aniqlash qancha tahminiy bo‘lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi to‘rt yo‘li mavjud: 1.
Muhandislik
yo‘li
statistikaga,
takrorlanishlarni
hisoblashga,
xavfsizlikning tahminiy tahliliga, «xavflar daraxti» qurishga asoslanadi.
2. Modellash yo‘li (andozalash) odamga, guruhga, kasbga ta’sir qiluvchi
omillar modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo‘l bilan hisoblashga
ma’lumotlar topish ancha qiyin.
3.
Ekspert
(tekshirish)
yo‘li
ma’lumotlarni
ekspertlardan
(mutaxassislardan) so‘rab yig‘ishga asoslangan.
4. Ijtimoiy yo‘l odamlardan so‘rab surishtirib, aniq xulosa chiqarishga
asoslangan.
12
Bu yo‘llar «T» ni har xil nuqtai nazardan tavsiflaydi, shuning uchun
hammasi birga qo‘llaniladi.