Tabiiy muhitning asosiy oqimlari: - quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi;
- kosmik nurlar, chang, asteroidlar;
- yerning elektr va magnit maydoni;
- ekotizimlarda, biosferada moddalar aylanishi;
- atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda
holatlar;
- boshqalar.
Texnosferadagi asosiy oqimlar: - xomashyolar, energiyalar oqimi;
- iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi;
- iqtisod sohasi chiqindilari;
- maishiy chiqindilar;
- axborot oqimlari;
- transport oqimlari;
- yorug‘lik oqimi (sun’iy yoritish);
- moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari;
- boshqalar.
Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar: - informatsiya oqimlari (o‘qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik
boshqalar);
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi);
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
- boshqalar.
Hayot faoliyat jarayonida inson iste’mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar: - kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki,
narkotiklar) oqimlari;
- energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar);
- informatsiya oqimlari;
-hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi;
-boshqalar.
2. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari Xavf-xatar deganda, odam sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar
yetkazadigan ko‘ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi
oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni
o‘z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari
9
va omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatga to‘g‘ri kelmaydigan elementlar
tizimi, kimiyoviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.