Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Texnosfera
– o‘tmishda biosferaga taalluqli bo‘lgan keyinchalik 
insonlarning o‘zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash 
maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan 
hududdir.
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan 
shaharlar, qo‘rg‘onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band 
etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy 
muhit deb ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada bo‘ladi. Insonni ijtimoiy 
muhit bilan aloqasi tug‘ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, 
o‘zining ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni 
oshirishda foydalaniladi va shakllanadi. 
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, 
texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ya’ni inson tabiiy atrof-
muhitga uzluksiz ta’sir etsa, o‘z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan 
kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo‘lgan 
texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki sirtdan doimiy 
ta’sir etadi. Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish 
mumkin:
1. Zamonaviy inson uni o‘rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari 
ya’ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o‘zaro ta’sirda 
bo‘ladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy 
muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali 
o‘zgartirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir; 
3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o‘zgartirish hisobiga amalga 
oshmoqda. 
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalish bilan birga 
ularning tinchligiga, sog‘ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar 
soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ularning insonlarning ruhiy holatiga, 
organizmi sog‘ligiga salbiy ta’sirini ko‘rsatishi hammaga ma’lum. Shu sababli 
insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, 
yashash joyida, yo‘lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, 
mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog‘ligi haqida qayg‘urish 
masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir. 
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi 
fanining o‘rni, uning nazariy ma’lumotlari bilan bo‘lajak mutaxassislarni 



qurollantirish muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga 
yordam beradi. 
Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) – ishlab chiqarish va noishlabchiqarish 
muhitida insonni atrof muhitga ta’sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni 
taminlashga yo‘naltirilgan bilimlar tizimidir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin