16
o‘zining Asosiy qonunida davlat va jamiyat qurilishining tamoyillarini, fuqaroning
huquq va erkinliklarini, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy
asoslari hamda strategik
yo‘nalishlarini mustahkamlamasdan turib, demokratik, huquqiy suveren davlat
bo‘la olmaydi. Respublikamiz
konstitutsiyasi demokratik, xalqaro miqyosda
e’tibor berilgan me’yor va talablarga javob beradi deyishga to‘la asosimiz bor.
Ish joylaridagi sharoit mehnat muhofazasiga taalluqli xalqaro standartlar
talablariga javob bergan holda mehnat xavfsiz va samarali bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va ijtimoiy barqarorlikni yetarli emasligi
ishchilarni ishlash bo‘yicha
huquqlariga, ularning mehnatini muhofazalash, talab
darajasidagi ish sharoitlarini yaratishga oid muammolarni ko‘payishiga sabab
bo‘ldi. Barcha hamdo‘stlik mamlakatlaridagi kabi O‘zbekistonda ham so‘ngi
yillarda deyarli ko‘pchilik xalq xo‘jaligi sohalarida mehnat sharoiti yomonlashuvi
tendentsiyasi kuzatildi. Ishlab chiqarishda yangi
tashkil etilayotgan xususiy
sektorlarning unumini ortishi bu sohadagi ko‘rsatkichlarni yanada pasayishiga
sabab bo‘ldi. Bunday ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar mehnatini
muhofazalash, ularga talab darajasida mehnat sharoitini yaratish haqida ushbu soha
mas’ullari turli sabablarga ko‘ra yetarlicha e’tibor qarata olmayapti deb bo‘lmaydi.
Ularning ayrimlari bu sohada etarli bilim va tajribaga ega bo‘lmasa,
ayrimlari bu haqda umuman tushunchaga ega emas desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chunki, bunday ishlab chiqarish sub’ektlarini chiqarish rahbarlar, ish yurituvchilar,
ish boshilarining ichida o‘rta ma’lumotli, o‘rta maxsus ma’lumotli rahbarlar ham
yetarli. Ba’zan mutaxassisliklari ishlab chiqarish yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmaydigan
xodimlar ham ular ichida uchrab turadi. Yuqorida
aytilgan kamchiliklardan
tashqari mutasaddi tashkilotlar tomonidan bunday ishlab chiqarish korxonalarining
faoliyatlari etarlicha, samarali nazorat qilinayapti deyish kiyin. Ishchilarni ishlab
chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligini taminlash bo‘yicha asosiy me’yoriy
qonunchilik aktlarining qabul qilinishi bilan hozirgi vaqtda bu muammolar holat
birmuncha ijobiy tomonga o‘zgarmoqda.
Xavfsiz
mehnat
qilish
huquqi
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasining 37-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: