Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish
qobiliyatiga ta’sir etadigan omillar majmui.
Shaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun
xizmat qiladigan vositalar. Shaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal,
gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko‘zoynaklari,
quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta’siri
natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil
kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.
Ruxsat etilgan kontsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM) – 8
soatli yoki boshqa ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lmagan,
ishlashi
davomida
kasallik
yoxud
sog‘ligida
o‘zgarishlar keltirib
chiqarmaydigan kontsenratsiya (daraja, miqdor).
3. Hayot faoliyati xavfsizligi nazariy asoslari Sabab va oqibatlar . Yashirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan
sharoit sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng
tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib
chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi – bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga
oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf) – dori tayyorlashning
xatosi (sabab)- zaharlanish (ko‘ngilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo‘lgan ish (faoliyat) bo‘lishi mumkin emas. Demak,
faoliyat qanday bo‘lmasin, unda yashirin xavf bo‘ladi. Bu aksioma hayot
faoliyat xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Tavakkal nazariyasi . 1950-yil senyabr oyida Germaniyaning Kyoln
shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi jahon kongresida hayot faoliyat xavfsizligi fan
deb qabul qilindi. Olimlar o‘z ma’ruzalarida «tavakkal» tushunchasini
qo‘lladilar va bu tushunchani har bir olim o‘zicha talkin qildi. Masalan,
V.Marshal «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy baho
kungi lsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo‘lib o‘tgan sonining bo‘lishi
11
mumkin bo‘lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali»
deyish mumkin savoliga javob berish kerak.