Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Xavflar taksonomiyasi
 
– bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi 
faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to‘g‘risidagi fandir. U 
faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini 
yanada chuqurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan 
bo‘lib, hali to‘la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni 
tashkil etadi: 
- kelib chiqishi bo‘yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo‘ladi; 
- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga 
bo‘linadi; 
- salbiy oqibatlarning ro‘y berish vaqti bo‘yicha impul’siy (beixtiyor 
harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo‘ladi; 
- xavflar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha (lokalizatsiya) – litosfera, 
gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi; 
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko‘ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, 
halokatlar, yong‘inlar ko‘rinishida bo‘ladi; 
- keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga 
bo‘linadi; 
- namoyon bo‘lishi bo‘yicha maishiy, sport, yo‘l-transport, ishlab 
chiqarish va harbiy bo‘ladi; 
- olamga ta’siri bo‘yicha o‘ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust 
(narkotik moddalar, arok, sigaret) bo‘ladi. Sust ta’sir deganda odamning o‘zi 
sababchi bo‘ladigan xavf tushuniladi. 
Xavflar ro‘yxati
– bu aniq bir tartiblar bo‘yicha qo‘yilgan nomlar, 
atamalardir (o‘zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi
yorug‘lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong‘in, 
zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan 
ob’ektda o‘tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob’ekt (tsex, ish joyi, 
texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi. 
Xavflar kvantifikatsiyasi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin