Kasbiy kasalliklar – ishchi - xodimlarga zararli ish sharoitlarining salbiy ta`siri
natijasida hosil buladigan kasalliklar kiradi.
Zararli ish sharoitlariga - yomon (nobob) iqlim sharoitllari, zaharli changlar,
me`yoridan ortiq shovqin va titrash, bosimning me`yoridan oshishi, yorug‘likning
etarli bulmasligi va boshqalar kiradi.
Tashkiliy sabablar - Xavfsizlik texnikasi buyicha yo‘l-yo‘riqlar o‘tmagan, ish
joylarini noto‘g‘ri tashkil etilgan, ish joylari yo‘laklarning to‘silishi, dastgohlar vaqtida
sozlanmaganligi, yaroqsiz asbob uskunalarni ishda qo‘llash, asosiy ish vaqtidan
tashqari ishlash.
Gigienik sabablar - Oqova suvlarda va havodagi zararli moddalarning yuqori
kontsentratsiyasi mavjudligi, nobob iqlim sha-roitlari, yorug‘likni etarli emasligi,
shovqinning yuqoriligi, sanitariya-maishiy xonalarning etishmasligi va tibbiy
ko‘rikdan o‘tmaganligi.
Texnik sabablar - Mashina, uskunalarning kamchiliklari va nosozligi, og‘ir
ishlarni mexanizatsiyalashtirilmaganligi, xavfsizlik to‘siqlar yo‘qligi, uskunalarning
noto‘g‘ri joylashtirilishi va ularning nosozligi.
Ruhiy-fiziologik sabablar - Ishlarning og‘irligi, me`yoridan ortiq charchash,
ishning monotonligi (bir xilligi), ziyraklikning pasayishi, xavfsizlik qoidalarini
buzilishi, mehnat intizomining buzilishi, ishchilarning psixofiziologik sifatlarini
bajarayotgan ishga mos kelmasligi yoki uning nosog‘lomligi.
Sanitar-maishiy xona - bu shaxsiy va maxsus kiyimlar uchun shkafli echinadigan,
yuvinadigan va ovqat eydigan xona hisoblanadi.
Tabiiy changlar - inson ta`sirisiz hosil buladi. Bunday changlar turkumiga shamol
va buronlar ta`sirida qum hamda tuproqning erroziyalangan qatlamlari ko‘chishi,
o‘simlik va hayvon olamida, vulqonlar otilishi boshqa hollarda paydo bo‘ladigan
changlarni kiritish mumkin.