Mehnat - insonning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga qaratilgan
faoliyatdir.
Aqliy mehnat - bu o‘zida axborot qabul qilish, e’tibor va diqqatni ongda
jamlashdir.
Jismoniy mehnat - bu bizning harakat a’zolarimiz tomonidan bajarilib, inson
organizmning faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo‘llarini) va ularning mehnatini
ta’minlaydi, tananing skelet muskullari, paylari bo‘g‘imlari yordamida bajariladi.
Holdan toyish – bu ish faoliyatini pasayishidir.
Sarosima – bir guruh odamlarni qamrab oluvchi qo‘rquv tuyg‘usi, u esa
atrofdagilarga o‘tib, boshqorolmaydigan jarayonga aylanib kеtadi.
Ergonomika -
so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «ergo» - (rabota) ish, «nomika»-
(nauka) fan, ya’ni «ish to‘g‘risidagi fani» degan ma’noni bildiradi.
Texnikaviy – estetik moslik insonni mehnat jarayonida, mashina bilan
bo‘ladigan muloqatida qoniqarli sharoit bilan ta’minlashni anglatadi.
Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir
etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh -
abiotik omillar va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“
tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini
cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.
Abiotik omillar - anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi.
Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
Biotik omillar - Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va
yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi.
Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga
olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda
tutiladi.