Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Mehnat -  insonning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga qaratilgan  faoliyatdir



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Mehnat - 
insonning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga qaratilgan 
faoliyatdir.
 
Aqliy mehnat - 
bu o‘zida axborot qabul qilish, e’tibor va diqqatni ongda 
jamlashdir. 
Jismoniy mehnat - 
bu bizning harakat a’zolarimiz tomonidan bajarilib, inson 
organizmning faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo‘llarini) va ularning mehnatini 
ta’minlaydi, tananing skelet muskullari, paylari bo‘g‘imlari yordamida bajariladi.
 
Holdan toyish
– bu ish faoliyatini pasayishidir. 
Sarosima 
– bir guruh odamlarni qamrab oluvchi qo‘rquv tuyg‘usi, u esa 
atrofdagilarga o‘tib, boshqorolmaydigan jarayonga aylanib kеtadi. 
Ergonomika
-
so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «ergo» - (rabota) ish, «nomika»- 
(nauka) fan, ya’ni «ish to‘g‘risidagi fani» degan ma’noni bildiradi.
 
Texnikaviy
– estetik moslik insonni mehnat jarayonida, mashina bilan 
bo‘ladigan muloqatida qoniqarli sharoit bilan ta’minlashni anglatadi.
 
Ekologik omillar
— atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir 
etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh - 
abiotik omillar va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ 
tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini 
cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.
 
Abiotik omillar
- anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. 
Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
 
Biotik omillar
- Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va 
yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. 
Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga 
olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda 
tutiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin