Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar etishi va ish beruvchi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar etishi va ish beruvchi 
masuliyati. Umumiy qoidalar 
Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga o‘tish korxonalar faoliyati
amaliyotida katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. 
Ko‘pchilik korxonalarda boshqaruv strukturasi qator mutaxassislar 
lavozimlari, shu jumladan Mehnat muxofazasi bo‘yicha mutaxassisliklarning 
qisqartirish tomonga o‘zgardi, davlat organlari va nazorat kasaba uyushmalari,
idoralar tomonidan xavfsiz ish sharoitlariga rioya etish ustidan nazorat
saviyasi sustlashdi. 
Natijada so‘nggi yillarda ishlab chiqarish travmatizmi muxim darajada
o‘sdi. SHundan kelib chiqib, jabrlanganlar va ularning oilalari u chun bo‘lgani
kabi ish beruvchi uchun xam muxim axamiyat kasb etib, xuquqiy bazaga ega 
sanaladi. 
O‘zbekistonda xar bir xodim ishi bilan bog‘liq tarzda salomatligiga
etkaziladigan zararni qoplash xuquqiga ega. 
Ish beruvchi vaqtida va to‘g‘ri ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni
tergovini o‘tqazish va hisobini olish, shuningdek xodimlarga etkazilgan zarar
uchun moddiy javobgarlikni zimmasiga olishi shart. 
Xar qanday shikast etkazuvchi voqea baxtsiz voqea sanaladi [1]. 
1. Mexanik (sanchilgan, kesilgan, lat egan va x.k.). 
2. Termik (kuyish, muzlash, sovqotib qolish, issiqlik zarbasi va x.k.).
3. Elektrik. 
4. Kimyoviy. 
5. Psixik va boshqa. 
Ularning oqibatida inson qisqa muddatga yoki uzoq davrga mehnatga 
layoqatini yuqotadi. 
Baxtsiz xodisa deb kasbiy kasalliklar, kasbiy zaxarlanishlar va ayrim 
xolatlarda umumiy kasalliklar tushuniladi.
Tibbiy muassasa xulosasi mehnat majburi yatlari bilan bog‘liq
salomatlikka putur etishlar soniga umumiy kasallik uchun zarur shart
hisoblanadi.


233 
Salomalikka putur etkazadigan baxtsiz xodisalar ishlab chiqarish 
xodisalari yoki maishiy hisoblanadi. 
Ish beruvchi faqat ishlab chiqarish baxtsiz xodisalari uchun javobgardir. 
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar quyidagilardan iborat: 
-ular tomonidan mehnat vazifalari (shu jumladan xizmat safarlari xam) ni
bajarish, shuningdek ish beruvchi topshirig‘isiz xam korxona manfaatlari 
doirasida biror bir xalokatlarni amalga oshirayotganda
-korxona transportida ishga yo‘l olayotganda yoki ishdan qaytayotganda; 
-belgilangan tanaffuslardan tortib butun ish vaqti mobaynida korxona 
xududi yoki boshqa ish joyida; 
-o‘tqazilish joyidan qat’iy nazar shanbalik o‘tqazilayotgan vaqtda; 
-ishlab chiqarishda yuz bergan avariyalarda; 
-ish vaqtida xizmat ob’ektlari o‘rtasidagi xarakat bilan faoliyati bog‘liq 
xodim bilan jamoat transportida yoki piyoda, shuningdek ish beruvchining 
topshirig‘iga ko‘ra, ish joyiga ketayotganida; 
-ish vaqtida xizmat safarlari yoki ish beruvchining topshirig‘iga ko‘ra,
shaxsiy engil transportda
-ish vaqtida boshqa shaxs tomonidan tanaga shikast etkazish, yoki
mehnat vazifasini bajarayotganida xodimning qasddan o‘ldirilishi.
Faqat o‘z o‘limi, tabiiy jon berio‘ xodisalari, shuningdek, jinoyatlar
qilayotganda o‘sha jabrlanuvchilar tomonidan jaroxatlar inobatga olinmaydi.
Ish beruvchining javobgarligi qanday vaziyatlarda baxtsiz xodisa ro‘y bergani va 
etkazilgan zararga bog‘liq. 
1. Agar zarar yuqori xavfsizlik manbai tomonidan etkazilgan bo‘lsa, ish
beruvchi voqea tabiiy ofat oqibatida, yoki jarblanuvchi g‘arazi yoki uning
qo‘pol extiyotkorsizligi tufayli, bo‘lganini isbotlay olmasa, u etkazilgan zararni 
to‘liq miqdorda qoplashi kerak. 
Masalan, metall qirquvchi uskunada ishchi qo‘liga shikast etdi. Ish
beruvchi tomonidan Mehnat muxofazasi va Texnika Xavfsizligi buzilmadi. 
Jaroxat ishchining oddiygina extiyotkorsizligi natijasida kelib chiqdi. Baxtsiz
xodisa yuqori xavflilik manbai
(uskuna) ta’sirida yuz bergani bois ish beruvchi o‘z aybi bo‘lmasada, 
zararni to‘liq qoplashi zarur.
Ishchining qo‘pol extiyotkorsizligi xolatida ish beruvchi va ishchi
aralash javobgar bo‘ladi. Mazkur xolatda qoplash xajmi kamaytiriladi. 
Extiyotkorsizlikning qandayligi (qo‘pol va yoki oddiy) vaziyatlar
inobatga olinib, xar bir aniq xodisada xal qilinadi. Bunda jabrlanuvchining
yoshi, malakasi, jismoniy axvoli va xokazolar, xamda baxtsiz xodisaning aniq 
vaziyati hisobga olinadi. 
Masalan, agar ish bo‘yicha katta xamkasabalari misolida, yosh ishchi
ximoya ko‘zoynaklarini ko‘zidan olib qo‘ydi, u extiyotkorsizlik bo‘ladi. Biroq 
qo‘pol extiyotkorsizlikka yo‘l qo‘ymadi. Uning texnika xavfsizligi bo‘yicha
talablari va usta tanbexlariga qarshi borgan tajribali xamkasabalari qattiq
xarakatlarini qo‘pol extiyotkorsizlik deb hisoblash mumkin. 


234 
Ish beruvchi doimo jabrlanuvchiga ko‘ra, baxtsiz xodisani oldini olishda
katta imkoniyatlarga ega. Aynan, u xodimlar xavfsizligini ta’minlashga 
javobgardir.
2. Agar zarar yuqori xavflilik manbai tomonidan etkazilmagan bo‘lsa, ish
beruvchi faqat aybi bo‘lsagina javob beradi. Masalan, do‘kon sotuvchisi 
yordamchi xonalar o‘rtasida to‘kilgan o‘simlik yoog‘idan toyib ketdi va
yiqilishida jaroxat oldi, deylik. Baxtsiz xodisa yuqori xavflilik manbai bilan 
bog‘liq emas. Demak, ish beruvchiga zarar uchun javobgarlikni yuqlashdan
avval uning aybini aniqlab olish zarur. Ayb esa shundaki, ish xavfsiz
axvolda emas edi. Agar ish muvofiq axvolda bo‘lganida edi, ish beruvchining
bunda aybi xam bo‘lmasdi va u zararni qoplashga majbur xam boshlmasdi. 
Kasbiy kasallik, odatda, yuqori xavflilik manbai ta’sirida yuzaga keladi,
bu xolatda ish beruvchining aybini isbotlashning xojati yuq, faqat bu 
xastalikning mehnat majburiyatlari ijrosi bilan bog‘liqlik jixatini aniqlash zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin