III. Glossariy
Mehnat-
Insonning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga qaratilgan faoliyat.
Xavf -
Inson faoliyati davrida uning sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar
keltiruvchi ya’ni ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keluvchi holat, jarayon, ob’ekt va vosita.
Adaptatsiya, moslashuv
– organizmning tashqi muhitning o‘zgarayotgan
sharoitiga moslashuvchanligi.
Aholi muhofazasi
– tabiiy ofatlar, texnogen avariya va halokatlarning real xavfi
tug‘ilganda odamlar hayoti va sog‘lig‘iga tahdidni bartaraf etsh va kamaytirishga
yo‘naltirilgan, joyi, vaqti, o‘tkazilishi, maqsadi, imkoniyatlariga ko‘ra o‘zaro aloqador
chora-tadbirlar majmui.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
- favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi,
sa’y-harakatlari majmui.
Atrof tabiiy muhit
– insonning yashash va ishlab chiqarish muhiti; insonga
bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan, sof tabiiy muhit elementlarining jami.
Charchash-
Ish faoliyatining pasayishi.
Qonun
-jamiyatni tartibga solib truvch xuquqiy xujjat.
Nomenklatura -
Ma’lum bir belgilarga ko‘ra tartibga solingan sistemalashtirilgan
nomlar, tarminlar ro‘yxati.
Gomosfera -
Inson o‘z mehnati jarayonida bo‘ladigan fazo.
Noksosfera -
Xavf mavjud yoki vaqti vaqti bilan paydo bo‘ladigan fazo.
Halokat -
Oldingisidan farqli holda qamrovi kengroq va odamlar halok bo‘lishiga
olib kelgan voqea.
Bakteriya -
Bir hujayrali organizmlar.
Muhit -
Organizimga yashash joyiga ta’sir kursatuvchi omillar.
Zaharlanish -
Inson organizimga zararli moddalarni ta’siri.
|