Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
Antropogen omillar
- bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni 
odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan 
taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
 
Epidemiya
(epi... va yun. yeto8 — xalq) — infeksion kasalliklarnshp maʼlum 
hududda, odatdagidan koʻp tarqalishi. 
 
Epizootiya
(epi — da va yun. — hayvon) — hayvonlarda biror yuqumli 
kasallikning keng tarqalishi; kasallikning maʼlum vaqt ichida katta hududga (xoʻjalik, 
tuman, viloyat va boshqalar) yoyilib ketishi. 
 
Mehnat havfsizligi
– mehnat sharoitining shunday holatiki, unda ishlovchilarga 
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan.
 
Tormozlash qurilmalari
- mashina va uskunalarning harakatlanayotgan 
(aylanayotgan) elementlarini tez va asta-sekin to‘xtatish uchun tormozlash qurilmalari 
ishlatiladi.
 
Blokirovka qurilmalari 
– bu mexanizmlarni yoki ularning qismlarini muayyan 
holatda ishonchli mahkamlashni ta'minlaydigan vositalardir
 


239 
To‘siq qurilmalar
- insonni xavfdan himoyalash uchun xizmat qiladi. Xavfli 
zonalarni himoyalash uchun oddiy, ishonchli va arzon to‘siq qurilmalar keng ko‘lamda 
ishlatilada.
 
Himoya qurilmalari
- mashina va uskunalarga qo‘yiladigan mavjud talablarga 
muvofiq har bir mashina, traktor yoki agregatda avariya holatidagi ish rejimiga 
mo‘ljallangan himoya qurilmalari bo‘lmasa, bunday mashina ishga yaroqli emas deb 
hisoblanadi.
 
Baxtsiz hodisa
(jarohatlanish) - inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi 
mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta`siri natijasida shikastlansa, buni baxtsiz hodisa 
(jarohatlanish) deb ataladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin