242
Mahalliy favqulodda holatlar
aholi yashash punktlari, shaharlar, ma’muriy rayonlar, bir
necha rayonlar va viloyat hududida tarqalib, ushbu viloyatning kuchlari va resurslari
asosida bartaraf etiladi.
Hududiy favqulodda holatlar
bir necha viloyatlar yoki iqtisodiy rayonlar
chegarasida tarqalib, ushbu respublikaning kuchlari va resurslari yordamida bartaraf
etiladi.
Milliy favqulodda holatlar
bir necha iqtisodiy rayonlar yoki davlat chegarasidagi
muxtor respublikalar chegarasida tarqalib ushbu davlatning kuchlari hamda resurslari, ayrim
hollarda chet davlatlarining yordami asosida bartaraf etiladi.
Global favqulodda holatlar
davlat chegarasidan chiqib boshqa davlatlarga
ham tarqaladi. Bunday favqulodda holatlar ushbu davlat chegarasida o‘z kuchlari va
resurslari hamda xalqaro jamiyatlar ko‘magida bartaraf etilishi mumkin.
Texnogen halokatlar.
Katta hududlarda portlash, yong‘in, radioaktiv, ximiyaviy
va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o‘limlarga olib
keluvchi, ishlab chiqarish jarayonining keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan
hodisalar, ya’ni mashina va mexanizmlarni qo‘qqisdan, ko‘tilmaganda foydalanish
davrida ishdan chiqib avariya hamda halokatlarga olib kelishi texnogen halokatlar deb
ataladi
Antropogen halokatlar
- insoniyatning xo‘jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi
antropogen omillar ta’sirida biosferaning sifat jihatidan o‘zgarishi va natijada insonlar
hayotiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid soluvchi va
katta xavf tug‘diruvchi hodisalardir.
Biologik qurol
— odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi,
sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin
vositasi.
Dostları ilə paylaş: