Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Lokal favqulodda holatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Lokal favqulodda holatlar
xalq xo‘jaligining ma’lum bir ob’ekti chegarasida 
yuzaga kelib ushbu ob’ektlarning kuchi va resurslari yordamida bartaraf etilishi 
mumkin. 


242 
Mahalliy favqulodda holatlar
aholi yashash punktlari, shaharlar, ma’muriy rayonlar, bir 
necha rayonlar va viloyat hududida tarqalib, ushbu viloyatning kuchlari va resurslari 
asosida bartaraf etiladi. 
Hududiy favqulodda holatlar
bir necha viloyatlar yoki iqtisodiy rayonlar 
chegarasida tarqalib, ushbu respublikaning kuchlari va resurslari yordamida bartaraf 
etiladi. 
Milliy favqulodda holatlar
bir necha iqtisodiy rayonlar yoki davlat chegarasidagi 
muxtor respublikalar chegarasida tarqalib ushbu davlatning kuchlari hamda resurslari, ayrim 
hollarda chet davlatlarining yordami asosida bartaraf etiladi. 
Global favqulodda holatlar
davlat chegarasidan chiqib boshqa davlatlarga 
ham tarqaladi. Bunday favqulodda holatlar ushbu davlat chegarasida o‘z kuchlari va 
resurslari hamda xalqaro jamiyatlar ko‘magida bartaraf etilishi mumkin. 
Texnogen halokatlar.
Katta hududlarda portlash, yong‘in, radioaktiv, ximiyaviy 
va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o‘limlarga olib 
keluvchi, ishlab chiqarish jarayonining keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan 
hodisalar, ya’ni mashina va mexanizmlarni qo‘qqisdan, ko‘tilmaganda foydalanish 
davrida ishdan chiqib avariya hamda halokatlarga olib kelishi texnogen halokatlar deb 
ataladi 
Antropogen halokatlar
- insoniyatning xo‘jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi 
antropogen omillar ta’sirida biosferaning sifat jihatidan o‘zgarishi va natijada insonlar 
hayotiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid soluvchi va 
katta xavf tug‘diruvchi hodisalardir. 
Biologik qurol
— odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, 
sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin 
vositasi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin