SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 44 iqtisodiy harajatlar talab etilmaydi, chunki uni tashkil etishda sayyohlik obyekti
sifatida qishloq aholisining turmush tarzi, urf-odatlaridan ham foydalanish mumkin. 3)
agroturizmni tarixiy, ziyorat, sport, etnografik va shu kabi turizm yo’nalishlari bilan
birgalikda olib borish samarali hisoblanadi. Zero sanab o’tilgan turizm turlari qadimdan
aynan qishloq joylarida rivojlangan. Bunda turistlarni bir vaqtning o’zida qishloq
joylarining tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy jihatlari bilan tanishtirish imkonin
yaratadi. 4)insonlarning tabiatga texnogen bosimi va ekologik talablarni inobatga
olmasligi qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan agroturizm
ekoturizm singari o’zining rivojlanishi yo’nalishida qishloq xo’jaligida tabbiy
resurslardan oqilona foydalanish, agrolandshaftlarni muhofaza qilish va buzilgan
yerlarni qayta tiklashga bevosita va bilvositayordam beradigan vazifalarni ham
bajaradi.
Yuqorida sanab o’tilgan holatlar agroturizmning asosiy maqsadlaridan biri-
qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda ularning turistik imkoniyatlaridan keng
foydalanishni tashkil etishdan iborat deyishga asos bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, hozirgi paytda turizmning barcha e’tirof etgan
aniq klassifikatsiyasi (tasnifi) mavjud emas. Buni tadqiqotchilar turizm yo’nalishida
yagona to’xtamga olib keluvchi aniq shakl va turlarni ajratish amaliy jihatdan mushkul
ekanligi bilan tushuntiradilar. Turizm geografiyasida mamlakat turizmining rivojlanish
darajasiga ko’ra tasniflash masalalariga turlicha yondashuv mavjud. Vaholanki, turizm
tasnifi uni hududiy tashkil etish va muayyan maqsad sari rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Turizm obyektlari, ulardan foydalanish usullari, sayyohlarning yoshi, kasbi,
qiziqishi, jismoniy imkoniyatlari, marshrutlarining uzoq yoki yaqinligi, murakkabligi,
va moddiy qiymatiga qarab mutaxassislar tomonidan turlicha tasniflangan. Masalan,
S.R.Yerdavletov turizmni tasniflashda quyidagi omillarga e’tibor berish lozimligin
uqtiradi: bo’sh vaqtning mavjudligi va davomiyligi; sayohatchilarning yoshi, jinsi,
salomatligi, ma’naviy-madaniy darajasi, shaxsiy hoxishi va moddiy ta’minlanganligi;
tabiat sharoitining xilma-xilligi va mavsumiyligi; harakat qilish vositasining mavjudligi
va h.k. U turizmning maqsadi, sharoiti, yo’nalishi va ko’lamiga qarab shakl, sinf (klass),
tur va ko’rinishiga ajratgan.
Turizm o’zining funksiyasi va texnologiyasiga ko’ra sog’lomlashtirish, dam olish,
tabiiy, ziyorat, sport, davolash, bilish, o’rganish kabi insonlarning jismoniy va ma’naviy
tiklanishi hamda rivojlanishiga xizmat qiladi. Olimlar A.S.Soliyev va M.R.Usmonovlar
Samarqand viloyati misolida turizmning ichki (mahalliy) va tashqi (xalqaro) turlariga
bo’lgan va ushbu turlarni o’z navbatida kasbiy, sport, sog’lomlashtirish, sog’liqni
tiklash, ziyorat, tanishuv, sayohat kabi ko’rinishlarga ajratgan.
Turizm xususan agroturizmdan amaliyotda foydalanish bo’yicha xorijda olib
borilgan tasniflash ishlari yuksak ilmiy qiymatga ega bo’lib, bu borada Italiya,
Germaiya, Fransiya tajribalari muhim hamiyat kasb etadi . Masalan, Italiyada turistik