SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 45 xizmat ko’rsatish bo’yicha agroxojaliklar uch turga bo’linadi : 1) tabiat va salomatlik; 2)
milliy taomlar (gastronomiya); 3) sport-sog’lomlashtirish. Jumladan birinchi turdagi
agroxo’jaliklarda agroturizm ekoturizm bilan umulashgan holda olib boriladi. Bunday
agroxo’jaliklar Kyanti, Umbriya, Sitsiliya provinsiyalarining mineral suvli havzalarini,
qo’riqxonalar va milliy bog’ hududlarida joylashgan. Ikkinchi turdagi agroxo’jaliklar
Liguriya, Toskana, Veneto, Umbriya, Marke, Pulya, Klabriya kabi rayonlarida tshkil
etilgan, har bir agroxo’jalik ma’lum bir ekzotik mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashtirilgan. Masalan, Latsio viloyatida vino, Abrutsoda zaytun moyi ishlab
chiqariladi va realizatsiya qilinadi. Uchinchi turdagi agroxo’jaliklarda esa
agroturistlarning faol dam olishiga ixtisoslashtirilgan sport obyektlariga keng o’rin
berilgan. Turistlarning suzish, velosport, tennis, otlarda sayr qilish kabi mashg’ulotlar
bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratilgan. Italiyada dehqon xonadonlarida
agroturistlarga xizmat ko’rsatish sifatiga ko’ra 1 va 5 “gulli” xizmat ko’rsatish
darajalari mavjud va unga ko’ra narxlar tabaqalashgan tarzda belgilanadi.
Germaniyada esa agroturizm sayyohlarining joylashishiga ko’ra quyidagi turlarga
bo’linadi: 1) fermer xo’jaliklarida; 2) qishloqlarda: 3) vino ishlab chiqaruvchi
xo’jaliklarda.
Agroturistik tasnif – agroturlarning muayyan ko’rsatgichlari asosida tizimli
darajalash yoki turkumlashni bildiradi. Shunga ko’ra agroturlarni tasniflashda ularni
sinf-tur-ko’rinish-guruh-daraja kabi ierarxik qismlarga ajratish muvofiqdir.
Agroturizm obyektiga ko’ra agroturlani quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
1.Agromajmualarga tashkil etiladigan agroturlar. Qishloq xo’jaligi ekin
maydonlari (paxta, g’alla, sholi maydonlari), shuningdek, cho’l va tog’ mintaqalarida
joylashgan bog’ va uzumzor, o’rmonlar, chorvachilik, xo’jaliklariga (qoramolchilik,
qoarko’lchilik, yilqichilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik, parrandachlik va h.k.)
qilinadigan sayohatlar. Bu agroturlar orqali turistlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilishga doir jarayonlar va ularning hududiy-
zonal farqlari bilan tanishadilar.
2. Tabiatning mavsumiy bayramlariga uyushtiriladigan agroturlar. Bunday
agroturlar turistlarni mahalliy aholining an’analari bilan tanishtirish maqsadlarida
uyushtiriladi. Masalan, tabiatning uyg’onishi, ekin-tekin agrotexnikasi tadbirlarining
boshlanishi yoki tugashi bilan bog’liq bo’lgan bahor mavsumidagi (“Navro’z”,
“Sumalak sayli”), bahor-yoz (“Suv sayli”, “Tut sayli”), yig’im-terimga bag’ishlangan
kuz (“Mehrjon” va “Hosil”) bayramlar, “Qovun sayli”, “Uzum sayli”, “Anjir sayli”,
“Anor sayli” va h.k. sayllar va tadbirlardir.
3. Qishloq urf-odatlari va marosimlarida o’tkaziladigan agroturlar. Masalan,
atmosfera yog’inlariga bag’ishlangan Xorazm viloyati, Boysun, Forish, Zomin kabi
tumanlarda – “Sust xotin”, buloq-soy suvlari bilan bog’liq – Shohimardonda “Qo’li
Qubbon”, Namanganda “Peshqiron”, Boysunda “Bibi seshanba”, Urgutda “Suv
chashmalari” kabi marosimlar agroturning mazkur sinfiga mansubdir.