SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 43 umumlashtirilib, rekreatsiya tushunchasiga dam olish va salomatlikni tiklash
maqsadida uyushtiriladigan tadbirlar majmuasi sifatida qaraladi. Biroq rekreatsiya
tushunchasi turizm tushunchasi bilan doim ham muvofiq kelmaydi. Chunki
rekreatsiyaga ko’ra dam olish 24 soatdan oshmasligi, dam oluvchi esa yashash joyidan
uzoqqa chiqmasligi ham mumkin. Biroq turizm shartlarida turist yashash joyidan
uzoqlashishi, kamida bir tunni brogan joyida o’tkazishi kerak.
A.Y.Aleksandrova qishloq turizmini shahar, ishchanlik, ekologik va sport turizmi
kabi maxsus turlar qatoriga kiritadi. Bu mulohazada qishloq turizmiga nisbatan uning
qamrovi va imkoniyatlarini cheklaydigan bir tomonlama yondashuv mavjud.
Bizningcha agroturizmga turizmning asosiy turlaridan biri sifatida qarash maqsadga
muvofiq .
Hozirgi paytda agroturistlarni tabiat muzeylaridagi eksponatlar bilan
hayratlantirib bo’maydi. Agroturistlar bevosita tabiat qo’yniga, ekologik resurslar,
agrar salohiyat va imkoniyatlar, yutuqlar bilan yaqidan tanishishga va ulardan estetik
zavq olishga intilmoqda. Mazkur ehtiyojlarni agroturizmni shakllantirish va
rivojlantirish orqali qondirish mumkin. Chunki agroturizm bir vaqtning o’zida
kishilarning tabiat qo’ynida dam olishi, qishloq turmush tarzi bilan yaqindan tanishishi,
yetishtirilgan ekologik toza mahsulotlardan foydalanishga imkoniyat beradi.
Zamonaviy turizm turlari
Tadqiqotlarimiz natijasida agroturizm qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi
aniqlandi. Bular: 1) agroturizmda sayyohlarni qabul qilish uchun barcha qulayliklarga
ega alohida mehmonxonalar talab etilmaydi, ular bevosita fermerlarning uylarida yoki
ochiq havoda tashkil etiladigan chodir (palatka)larda joylashishlari ham mumkin. Bu
turli toifaga mansub kishilarga arzon va sifatli, qulay agroturistik xizmatlardan
foydalanish erkinligi beriladi. 2) agroturizm agroturistik firmalar uchun kata moliyaviy-
TURIZM Etnografik
turizm
Ziyorat
turizmi
Tarixiy
turizm
Agro-
turizm
Ekoturiz
m
Madaniy
turizm
Rekreatsi-
ya turizmi
Sport
turizmi