REJA
1. Axborot tizimi tushunchasi.
2.
Avtomatlashtirilgan axborot
tizimlari.
3. Axborot tizimidagi jarayonlar va
ularni joriy etish.
4. Axborot tizimini yaratish.
“Tizim” deganda, bir vaqtning o’zida
ham yagona
, yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham
qo’yilgan maqsadlarga erishish
manfaatlarida
birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi.
Ma’lumki bugungi kunda turli xil tizimlar yaratilgan
bo’lib ular o’z tarkibi va bosh maqsadi bo’yicha
bir-biridan farqlanadi.
Tizim tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’p
maqsadlarda qo’llaniladi. Axborot
tizimlariga
nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik
vositalar va dasturlar to’plami
nazarda
tutiladi.Kompyuterning faqat apparat qisminigina
tizim deb atash mumkin.
Muayyan amaliy vazifalarni
bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob
kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan
ko’plab dasturlarni
ham tizim deb hisoblashimiz
mumkin.